Ushbu tezisda neft va gaz korxonalari faoliyatining oʻziga xos xususiyatlarini i`nobatga olgan holda, geologik-qidiruv va baholash xarajatlarini moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS / IFRS) talablari asosida buxgalteriya hisobida aks ettirish metodologiyasi tadqiq etilgan. Tadqiqotda IFRS 6 (Foydali qazilmalarni qidirish va baholash) va IAS 37 (Zahiralar, shartli majburiyatlar va shartli aktivlar) standartlarini birgalikda qoʻllash mexanizmi tahlil qilingan. Qidiruv xarajatlarini kapitallashtirish va xarajatga chiqarish mezonlari, qidiruv aktivlarining qadrsizlanishi hamda boʻlajak demontaj va atrof-muhitni tiklash majburiyatlarini aktiv tannarxiga kiritishning amaliy jihatlari yoritilgan.
Mazkur maqolada qo‘l jangi sporti bilan shug‘ullanuvchi qiz sportchilarda maxsus kuch sifatlarini rivojlantirishning samarali usullari ilmiy jihatdan yoritilgan. Tadqiqot davomida 16 nafar sportchi ishtirokida pedagogik tajriba tashkil etilib, tajriba va nazorat guruhlari shakllantirildi. Sportchilarning maxsus kuch sifatlari 30 soniyada maksimal tezlikda to‘g‘ri musht zarbalari soni, 1 daqiqada qo‘llarni bukib-yozish hamda turgan joydan uzunlikka sakrash testlari orqali baholandi. Tajriba guruhi uchun ishlab chiqilgan maxsus mashqlar majmuasi mashg‘ulot jarayoniga joriy etildi va uning samaradorligi matematik-statistik usullar yordamida tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari tavsiya etilgan metodika sportchilarning maxsus kuch sifatlarini rivojlantirishda samarali ekanligini ko‘rsatdi.
Bul maqalada qaraqalpaq tiliniń zamanagóy leksikasın óz ishine alǵan elektron korpustı jaratıw texnologiyaları hám onıń lingvistikalıq múmkinshilikleri talqılanadı. Izertlewdiń baslı maqseti — qaraqalpaq tili resursların sanlastırıw, tildiń statistikalıq hám morfologiyalıq parametrlerin analizlew ushın universal platforma jaratıw bolıp tabıladı. Maqalada internet resursları, ásirese Wikipedia hám elektron ǴXQ tekstleri tiykarında jıynalǵan 2,5 millionnan artıq sóz qollanılıwǵa iye bolǵan korpustıń arxitekturası kórsetilgen. Shıǵıstaǵı tatar milliy korpusı (“Tugan tel”) sıyaqlı iri joybarlar tájiriybesine súyene otırıp, qaraqalpaq tili korpusında úsh basqıshlı izlew sisteması: morfologiyalıq, kontekstli (KWIC) hám statistikalıq (N-gramm) modulleri islep shıǵılmaqta. Sonday-aq, maqalada korpus quramındaǵı tekstlerdi avtomatlastırılǵan morfologiyalıq teglew maseleleri hám tildiń agglyutinativlik qásiyetin esapqa alǵan halda izlew algoritmlerin optimallastırıw usılları keltirilgen. Izertlew nátiyjeleri qaraqalpaq tilin oqıtıw, leksikografiya hám mashina awdarması sistemaların rawajlandırıwda zárúr derek bolıp xizmet etedi.
Mazkur maqolada qo‘l jangi sportida texnik-taktik tayyorgarlikning sportchilarning musobaqa natijalariga ta'siri ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqot davomida sportchilarning texnik usullarni bajarish sifati, taktik qaror qabul qilish tezligi va musobaqa jarayonidagi harakat samaradorligi baholandi. Pedagogik tajriba asosida ishlab chiqilgan mashg‘ulot metodikasining sportchilarning texnik-taktik tayyorgarligiga hamda musobaqa faoliyati samaradorligiga ta'siri matematik-statistik usullar yordamida tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari texnik-taktik tayyorgarlikni takomillashtirish sportchilarning musobaqa faoliyati samaradorligini sezilarli darajada oshirishini ko‘rsatdi.
Harbiy tashkilotlarda kadrlar bilan ishlashni avtomatlashtirish odatda intuitiv dalillar — qogʻozning kamayishi, hisobotning tezlashishi — bilan asoslanadi, ammo haqiqiy yutuq oʻlchanmay qoladi; sunʼiy intellekt esa jarayonlarning unga tayyorligi baholanmasdan muhokama qilinadi. Tadqiqot shu ikki boʻshliqni toʻldirishga qaratilgan. Uning maqsadi — kadrlar tizimini avtomatlashtirish samaradorligini oʻlchash vositasini yaratish va shu asosda sunʼiy intellektni joriy etishning bosqichli yoʻlini asoslashdir. Ish aralash dizaynda bajarilib, 2020–2026-yillardagi 23 ta manbaning tizimli tahlili, sakkizta asosiy kadrlar funksiyasining jarayonli dekompozitsiyasi va koʻp mezonli baholash metodologiyasini birlashtiradi. Uchta natija taqdim etiladi: MIL-AMM — avtomatlashtirish darajasi elektron bajariladigan jarayonlar ulushi bilan oʻlchanadigan besh darajali yetuklik modeli, unda D3 darajasi har qanday AI moduli uchun minimal shart deb belgilanadi; MIL-AEF — oʻn ikki indikatorni integral samaradorlik indeksi E ga jamlovchi toʻrt guruhli baholash ramkasi; va sunʼiy intellektni joriy etishning uch ufqli istiqbol tahlili. Yangilik avtomatlashtirish samaradorligi bilan AI ga tayyorlikni yagona oʻlchanadigan konstruktga bogʻlashda namoyon boʻladi: AI ni joriy etish qarori ekspert taassurotidan emas, oʻlchangan indeksdan kelib chiqadi.