Mazkur ilmiy maqola tijorat banklarida muammoli kreditlar (non-performing loans – NPL) bilan ishlash samaradorligini oshirish masalasiga bag‘ishlangan bo‘lib, “Hamkorbank” ATB misolida tahlil qilingan. Muammoli kreditlar banklarning moliyaviy barqarorligi, rentabelligi va mijozlar ishonchiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois ularni boshqarish va qaytarilishini ta’minlash bugungi kunda banklar oldida turgan eng dolzarb vazifalardan biridir. Maqolada muammoli kreditlarning paydo bo‘lish sabablari, “Hamkorbank” ATBda mavjud amaliyot, xalqaro tajriba va ilg‘or yondashuvlar o‘rganilgan. Shuningdek, muammoli kreditlarni kamaytirishning samarali mexanizmlari sifatida kredit tahlilini chuqurlashtirish, raqamli monitoring tizimlarini joriy etish, restrukturizatsiya jarayonini soddalashtirish va kredit sug‘urtasidan keng foydalanish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari banklar faoliyatida risklarni kamaytirish, moliyaviy barqarorlikni mustahkamlash hamda mijozlar bilan hamkorlikni yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.
Maqolada vitagen tajriba asosida talabalarda tadbirkorlik kompetensiyalarini rivojlantirish jarayoni tashxisiy xarakterga ega ekanligi ta’kidlanadi. Shu sababli talabalarning tadbirkorlik kompetensiyalarini shakllantirish va rivojlantirishda asosiy omil bo‘luvchi vitagen tajribaga egalik darajasini aniqlash hamda uni baholash zaruriyati yuzaga keladi.
Maqolada Toshkent shahrida joylashgan “To‘xtaboyvachcha” jome masjidining tarixi va me’moriy xususiyatlari yoritilgan. Shuningdek, masjid devorlari va peshtoqlariga bitilgan epigrafik yodgorliklar, ya’ni Qur’on oyatlari va hadislar tahlil etilgan. Unda qo‘llangan xat turlari (suls va nasx), ularning ma’naviy va estetik ahamiyati haqida fikr bildirilgan. Masjid tarixi orqali mahalliy jamiyatning diniy-ma’naviy hayoti ham ochib berilgan.
Guruh ichidagi nizolarni tushunish va ularni sabablarini aniqlash uchun dastlab guruh psixologiyasini, guruhga xos bo’lgan alohida jihatlarni batafsis tushunib olish lozim. Quyida Henri Tarfel va John Turner tomonidan taklif etilgan ijtimoiy idintifikatsiya nazariyasida shu kabi masalarga boshqa muaaliflardan farqli nuqtai nazar bilan yondoshganligini guvohi bo’lishingiz mumkin.
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish jarayonlarining iqtisodiy ahamiyati, ularni moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlashning hozirgi holati va istiqbollari AT “Xalq banki” misolida tahlil qilingan. Tadqiqot davomida kichik biznes sub’yektlariga ko‘rsatilayotgan kredit, mikromoliyaviy va maslahat xizmatlarining samaradorligi baholanib, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish yo‘llari o‘rganilgan. Maqolada, shuningdek, Xalq banki faoliyatida kichik tadbirkorlikni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni raqamlashtirish, mikrokreditlash tizimini soddalashtirish va xalqaro tajribalar asosida yangi moliyaviy instrumentlarni joriy etish bo‘yicha takliflar ilgari surilgan. Tadqiqot natijalari kichik biznesni rivojlantirishda bank-moliya tizimining rolini kuchaytirish, iqtisodiy faollikni oshirish va bandlikni ta’minlashga xizmat qiladi.