Ushbu sharh maqolada burchoqdoshlar (Fabaceae) oilasiga mansub boʻlgan dorivor tuya tovon (Alhagi spp.) turkumining fitokimyoviy tarkibi va zamonaviy farmakologiyadagi istiqbollari NCBI, PubMed. Tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, Alhagi spp. tarkibida flavonoidlar (kversetin,kemferol, rutin), fenol kislotalari, alkaloidlar, polisakaridlar, sterollar va efir moylari kabi biologik faol moddalarning boy kompleksi mavjud. Mazkur birikmalar oʻsimlikning antioksidant, yalligʻlanishga qarshi, antimikrob, siydik haydovchi, gepatoprotektorlik hamda oʻsmalarga qarshi xususiyatlarini belgilaydi. Maqolada oʻsimlik ekstraktlarining biotexnologik potensiali, xususan, in vitro toʻqima kulturalari yordamida ikkilamchi metabolitlarni ajratib olish va farmatsevtika sanoatida yangi fitopreparatlar yaratishdagi ahamiyati ilmiy jihatdan batafsil asoslab berilgan.
Ушбу мақолада музейлар фаолияти, музей туризмини ташкил этилиши, Музейшунослик соҳаси ривожланиш, Президент Шавкат Мирзиёев 27 май куни «Музейларда хизматлар соҳасини ривожлантириш чора-тадбирлари тўғрисида»ги қарори, Археология объектларини музейлаштириш, 2022-2026 йилларга мўлжалланган мақсадли кўрсаткичлар келтирилган. 2022-2024 йилларда давлат музейларида ихтисослаштирилган реставрация лабораторияларини ташкил қилишнинг манзилли режаси келтирилган бўлиб, ҳар бир музейда унинг профессионал хусусиятлари ҳақида сўз юритилади.
Mazkur maqolada Xorazm viloyati sharoitida mosh o‘simligida simbioz bakteriyalarning rivojlanishi, ildiz tuganaklari hosil bo‘lishi va hosildorlikka ta’siri o‘rganilgan. Tadqiqot natijalari Rhizobium asosidagi biologik preparatlar qo‘llanilganda tuganaklar soni va massasi ortishi, biologik azot fiksatsiyasi faollashishi hamda o‘simliklarning o‘sish va rivojlanish ko‘rsatkichlari yaxshilanishini ko‘rsatdi. Shuningdek, biologik preparatlar qo‘llangan variantlarda don hosildorligi va tuproq unumdorligi nazoratga nisbatan yuqori bo‘lgani aniqlandi.
Ushbu maqolada global ta’lim makonida kechayotgan transformatsiya jarayonlari kontekstida zamonaviy o’qituvchilarning liderlik (yetakchilik) sifatlarini shakllantirishning ilmiy-pedagogik asoslari, qonuniyatlari va metodologik shart-sharoitlari tizimli tahlil qilingan. Tadqiqot doirasida bo’lajak va faoliyat ko’rsatayotgan pedagog kadrlarning tashkilotchilik qobiliyati, strategik fikrlashi, korporativ boshqaruv madaniyati hamda emotsional intellektini (EQ) rivojlantirishda interaktiv treninglar, keys-stadi (Case-study) va "Flipped classroom" (Teskari dars) texnologiyalarining didaktik imkoniyatlari o’rganilgan. Termiz shahridagi 1-sonli umumta’lim maktabi bazasida o’tkazilgan pedagogik eksperiment natijalari matematik-statistik metodlar yordamida tahlil qilinib, mavzuning ilmiy-amaliy ahamiyati asoslab berilgan.
Ushbu maqolada ayollar huquqlarini himoya qilishda raqamli texnologiyalarning tutgan o'rni milliy va xalqaro huquqiy me'yorlar nuqtai nazaridan qiyosiy tahlil qilinadi. Maqolada O'zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy va fuqarolik qonunchiligidagi tegishli normalar, BMT konvensiyalari, Yevropa Ittifoqining huquqiy hujjatlari va Osiyo mamlakatlarining tajribasi o'rganiladi. Kiberjinoyatchilik, onlayn zo'ravonlik, ijtimoiy tarmoqlardagi diskriminatsiya va shaxsiy ma'lumotlarning himoyasizligi kabi dolzarb muammolar yuridik jihatdan tahlil etilib, ularning hal qilish mexanizmlari ko'rsatiladi. Shuningdek, e-huqumat tizimlari, raqamli adliya va huquqiy axborot platformalarining ayollar huquqlarini ta'minlashdagi samaradorligi baholanadi. Maqola raqamli sohada gender tengligini mustahkamlash bo'yicha tavsiyalar bilan yakunlanadi.