AYOLLAR HUQUQLARINI HIMOYA QILISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING O'RNI: MILLIY VA XALQARO HUQUQIY QIYOSIY TAHLIL

Ushbu maqolada ayollar huquqlarini himoya qilishda raqamli texnologiyalarning tutgan o'rni milliy va xalqaro huquqiy me'yorlar nuqtai nazaridan qiyosiy tahlil qilinadi. Maqolada O'zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy va fuqarolik qonunchiligidagi tegishli normalar, BMT konvensiyalari, Yevropa Ittifoqining huquqiy hujjatlari va Osiyo mamlakatlarining tajribasi o'rganiladi. Kiberjinoyatchilik, onlayn zo'ravonlik, ijtimoiy tarmoqlardagi diskriminatsiya va shaxsiy ma'lumotlarning himoyasizligi kabi dolzarb muammolar yuridik jihatdan tahlil etilib, ularning hal qilish mexanizmlari ko'rsatiladi. Shuningdek, e-huqumat tizimlari, raqamli adliya va huquqiy axborot platformalarining ayollar huquqlarini ta'minlashdagi samaradorligi baholanadi. Maqola raqamli sohada gender tengligini mustahkamlash bo'yicha tavsiyalar bilan yakunlanadi.


06.06.2026 Volume Issue View more Download
ABDULLA QAHHORNING “DAHSHAT” HIKOYASIDA AYOL FOJEASINING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK TALQINI

Mazkur maqolada Abdulla Qahhorning “Dahshat” hikoyasi badiiy-estetik hamda ijtimoiy-falsafiy jihatdan tahlil qilinadi. Asarda tasvirlangan xotin-qizlarning huquqsizligi, patriarxal jamiyatning ayol taqdiriga ko‘rsatgan salbiy ta’siri, erkak hukmronligi va inson qadri muammolari yoritiladi. Hikoyadagi Unsinoy va Olimbek dodxo obrazlari misolida o‘tmish ijtimoiy muhitining mohiyati ochib beriladi. Shuningdek, asardagi psixologizm, ramziylik va badiiy konflikt masalalari ilmiy jihatdan tahlil etiladi.


06.06.2026 Volume Issue View more Download
BALZAK IJODIDA IJTIMOIY TUZUM MUAMMOSI (“YEVGENIYA GRANDE” ROMANI MISOLIDA)

Ushbu maqolada Honoré de Balzac ijodida ijtimoiy tuzum muammosi, ya’ni jamiyatda pulning hukmron kuchga aylanishi, boylikka o‘chlik va yo‘qsillik o‘rtasidagi keskin ziddiyatlar Eugénie Grandet asari misolida chuqur tahlil qilindi. Tadqiqot jarayonida XIX asr Fransiya burjua jamiyatining ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlari, insoniy munosabatlarning moddiy manfaatlar asosida shakllanishi hamda axloqiy qadriyatlarning yemirilish jarayoni ilmiy jihatdan o‘rganildi. Tahlil natijalariga ko‘ra, asarda Felix Grandet obrazi orqali boylikka haddan tashqari berilish insonni ma’naviy jihatdan qashshoqlashtirganligi, oilaviy muhitni esa sovuqlik va hisob-kitobga asoslangan munosabatlarga aylantirganligi aniqlandi. Shu bilan birga, Eugénie Grandet timsolida insoniylik, sadoqat va ruhiy poklik g‘oyalari ifodalangan bo‘lib, u jamiyatdagi iqtisodiy tengsizlik fonida axloqiy qarama-qarshiliklarni yuzaga chiqarganligi ko‘rsatildi. Tadqiqot shuni ham ko‘rsatdiki, Balzak realizmi orqali pul va boylikning ijtimoiy tuzumdagi ustuvor o‘rni hamda uning inson ruhiy olamiga salbiy ta’siri badiiy jihatdan ishonarli tarzda yoritilgan. Maqola ijtimoiy adolatsizlik va sinfiy tafovutlarning jamiyat rivojiga ta’sirini ochib berishda muhim ilmiy xulosalar bergan.


06.06.2026 Volume Issue View more Download
O’RTA OSIYODA JADIDCHILIK HARAKATI

Ushbu maqolada O‘rta Osiyoda jadidchilik harakatining kelib chiqishi, rivojlanishi va uning asosiy yo‘nalishlari yoritilgan. Jadidlarning ma’rifiy faoliyati, yangi usul maktablari, matbuot va adabiyot rivojiga qo‘shgan hissasi tahlil qilingan. Shuningdek, harakatning milliy uyg‘onish va ijtimoiy-siyosiy hayotdagi ahamiyati qisqacha bayon etilgan.


06.06.2026 Volume Issue View more Download
QORAQALPOG'ISTON TARIXI DARSLARIDA QADIMIY QAL’ALAR VA ARXEOLOGIK YODGORLIKLARDAN FOYDALANISH METODIKASI

Ushbu maqolada Qoraqalpogʻiston tarixi darslarida qadimiy qal’alar va arxeologik yodgorliklardan samarali foydalanish metodikasi tahlil qilinadi. Tarix ta’limida moddiy madaniy meros obyektlaridan foydalanish o‘quvchilarning tarixiy tafakkurini rivojlantirish, vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirish va tarixiy voqealarni chuqurroq anglash imkonini beradi. Maqolada Qoraqalpogʻiston hududidagi qadimiy qal’alar hamda arxeologik yodgorliklarning ta’limiy ahamiyati, ularni dars jarayoniga integratsiya qilish usullari, zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etiladigan mashg‘ulotlar va ekskursiyalar yoritilgan. Shuningdek, tarix fanini o‘qitishda mahalliy tarixiy manbalardan foydalanishning afzalliklari ham ko‘rsatib berilgan.


06.06.2026 Volume Issue View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor