LOGISTIKA SOHASIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR, INTERNET OF THINGS (IOT), SUN’IY INTELLEKT, GPS MONITORING, REAL VAQT MA’LUMOTLARI VA AVTOMATLASHTIRILGAN BOSHQARUV TIZIMLARI YORDAMIDA YUK TASHISH VA TA’MINOT ZANJIRLARINI SAMARALI BOSHQARISH JARAYONI

So‘nggi yillarda logistika va ta’minot zanjiri boshqaruvida raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi Logistika 4.0 konsepsiyasining shakllanishiga olib keldi. Ushbu konsepsiya Internet of Things (IoT), aqlli sensorlar, GPS monitoring, katta ma’lumotlar tahlili va boshqa raqamli texnologiyalar yordamida logistika jarayonlarini samarali boshqarishni nazarda tutadi. Mazkur tadqiqotning maqsadi tracking va tracing texnologiyalarining logistika tizimlarida qiymat yaratishdagi rolini tahlil qilishdan iborat. Tadqiqot eksplorativ ko‘p holatli (multiple-case study) metodologiyasi asosida olib borilib, logistika sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassislar va loyiha ishtirokchilari bilan o‘tkazilgan intervyular ma’lumotlar manbasi sifatida foydalanildi. Tadqiqot natijalari tracking va tracing texnologiyalarini joriy etish logistika jarayonlarida operatsion samaradorlikni oshirish, ta’minot zanjiri ko‘rinuvchanligini ta’minlash, shaffoflik darajasini kuchaytirish hamda xavfsizlikni yaxshilashga xizmat qilishini ko‘rsatdi. O‘zbekiston sharoitida logistika tizimining raqamlashtirilishi transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish va GPS monitoring tizimlarini joriy etish orqali rivojlanmoqda. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, Logistika 4.0 texnologiyalari intermodal yuk kuzatuvi, konteyner aktivlarini boshqarish hamda logistika jarayonlarini sertifikatlash kabi yo‘nalishlarda samarali qo‘llanishi mumkin.


17.03.2026 Volume Issue View more Download
LOGISTIKA INFRATUZILMASIDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN SAMARALI FOYDALANISH

Maqola O‘zbekistonda logistika infratuzilmasini rivojlantirish va axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish masalalarini o‘rganadi. Maqsad – transport xarajatlarini optimallashtirish, tovarlarni o‘z vaqtida yetkazish va iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish. Maqolada erishilgan natijalarga ko‘ra, zamonaviy logistika markazlari va erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etish, transport va axborot-kommunikatsiya tizimlarini takomillashtirish orqali respublikada tovar va xizmatlarning samarali oqimini ta’minlash mumkinligi ko‘rsatilgan.


16.03.2026 Volume Issue View more Download
MEVA-SABZAVOT MAHSULOTLARI EKSPORTIDA SAMARALI LOGISTIKA ZANJIRINI SHAKLLANTIRISH

Maqolada O‘zbekistonda meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilishda korporativ logistik tizimlarni shakllantirish va rivojlantirish masalalari tahlil qilingan. Iqtisodiy va geografik sharoitlar, transport infratuzilmasi, xalqaro standartlar va normativ-huquqiy baza asosida samarali logistika zanjirini tashkil etishning imkoniyatlari va kamchiliklari ko‘rib chiqilgan. Maqolada meva-sabzavot eksportida korporativ logistikadan samarali foydalanishning nazariy va amaliy jihatlari, xalqaro tajribalar va O‘zbekistonning ustunliklari, xatarlari va strategiyalari tahlil qilingan. Shuningdek, eksport hajmini oshirish va xalqaro bozorlarda raqobatbardoshlikni ta’minlash maqsadida innovatsion korporativ logistika platformalarini rivojlantirish bo‘yicha takliflar berilgan.


16.03.2026 Volume Issue View more Download
KORPORATIV NIZOLARDA ADVOKATNING O‘RNI VA VAZIFALARI

Ushbu maqolada korporativ nizolarda advokatning o’rni va vazifalari haqida fikr va mulohazalar yuritiladi. Korporativ nizolar zamonaviy biznes faoliyatining ajralmas qismi hisoblanadi, chunki korporatsiya ichida aksiyadorlar, direktorlar, investorlar va boshqa manfaatdor tomonlar o‘rtasida murakkab munosabatlar mavjud. Advokatlar ushbu nizolarni boshqarish, oldini olish va hal etishda muhim rol o‘ynaydi.


16.03.2026 Volume Issue View more Download
KICHIK BIZNES SUB’EKTLARINI MOLIYALASHTIRISHNING INNOVATSION USULLARI VA ULARNING SAMARADORLIGI

Kichik biznes subyektlari iqtisodiy o‘sish, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda innovatsiyalarni rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi. Biroq kichik biznesni rivojlantirish jarayonida moliyaviy resurslarga kirish imkoniyatining cheklanganligi muhim muammolardan biri hisoblanadi. Mazkur maqolada kichik biznes subyektlarini moliyalashtirishning innovatsion usullari, jumladan fintex texnologiyalari, kraudfanding, venchur kapital, P2P kreditlash hamda blokcheyn asosidagi moliyaviy mexanizmlar tahlil qilinadi. Shuningdek, ushbu moliyalashtirish usullarining samaradorligi va ularning kichik biznes rivojlanishiga ta’siri o‘rganiladi.


16.03.2026 Volume Issue View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor