Ushbu maqolada C++ dasturlash tilida obyektga yo‘naltirilgan dasturlash (Object-Oriented Programming – OOP) tamoyillari va ularning amaliy qo‘llanilishi yoritilgan. OOP dasturlash texnologiyalarining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, dastur tuzilmasini modul shaklida tashkil etish, kodni qayta ishlatish va murakkab dasturiy tizimlarni soddalashtirish imkonini beradi. Maqolada OOP ning asosiy to‘rt tamoyili – inkapsulyatsiya (encapsulation), meros olish (inheritance), polimorfizm (polymorphism) va abstraksiya (abstraction) nazariy va amaliy misollar bilan yoritilgan. Shuningdek, C++ tilida klasslar (classes) va obyektlar (objects) orqali real hayotdagi jarayonlarni modellashtirish usullari ham ko‘rib chiqiladi.
Ushbu ilmiy maqolada pedagogik psixologiyada uchraydigan xulq-atvor buzilishlarining kelib chiqish omillari, ularning psixologik mexanizmlari va korreksiyaga yo‘naltirilgan pedagogik yondashuvlar ilmiy asosda yoritiladi. Shuningdek, maktab amaliyotida kuzatiladigan tipik xulq-atvor buzilishlari, ularni aniqlashning psixodiagnostik metodlari hamda ularni bartaraf etishga qaratilgan samarali korrektsion texnologiyalar tahlil qilinadi. O‘zbekiston pedagogik psixologiya maktabi olimlarining ilmiy qarashlari asosida xulq-atvor buzilishlarini kompleks yondashuv orqali korreksiya qilish imkoniyatlari ko‘rsatib o‘tiladi
Maqolada Advokatlik faoliyatining rivojlanish bosqichlari tahlil qilinadi. Advokatlik faoliyatining tarixiy shakllanishi va o’zgarishlari, O’zbekiston mustaqillikka erishganidan keyin amalga oshirilgan islohotlar, uning mustahkamlanishi va jamiyatdagi roli yoritiladi. Ushbu maqolada advokatlik faoliyatining o’ziga xos xususiyatlari, talablari, majburiyatlari, uni tartibga soluvchi qonunlar va normativ hujjatlar va ularning huquqiy pozitsiyalarini amalga oshirilgan yuridik islohotlar ahamiyati ko’rsatilgan. Advokatlik faoliyatining rivojlanishiga ta’sir ko’rsatuvchi ichki va tashqi omillar haqida batafsil fikrlar keltirilgan. Maqola O’zbekiston huquq tizimining yangilanishi va rivojlanishining muhim aspektlarini yoritib, kelajakda advokatlik faoliyatining yanada samarali yuritilishi uchun zarur bo’lgan takliflarni ishlab chiqadi
Ushbu maqolada oila va maktab o‘rtasidagi samarali hamkorlikning tarbiyaviy ahamiyati, uning pedagogik jarayonga ta’siri va o‘quvchilarning shaxsiy rivojlanishidagi roli yoritiladi. Maqolada oilaning tarbiyaviy omillari, maktabdagi pedagogik yondashuvlar va ularning uyg‘unlashuvi asosida ijobiy xulq-atvor, emotsional barqarorlik va ijtimoiy moslashuvni shakllantirishning ahamiyati tahlil qilinadi. Shuningdek, O‘zbekiston maktablarida oila va maktab hamkorligini mustahkamlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar beriladi.
Bugungi kunda to‘y va boshqa oilaviy marosimlarni ixcham, ortiqcha hashamlarsiz o‘tkazish masalasi jamiyatda dolzarb mavzulardan biriga aylangan. Chunki dabdabali marosimlar ko‘plab oilalar uchun katta moddiy yuk bo‘lishi, yoshlarning mustaqil hayotga qadam qo‘yishida iqtisodiy qiyinchiliklarga sabab bo‘lishi mumkin. Shu bois, soddalikka intilish, sarfni me’yorda qilish va isrofgarchilikning oldini olish umumiy maqsadga aylanishi lozim.