International scientific journal "Modern Science and Research"

ISSN: 2181-3906;   OAV Guvohnoma №042359;   Impact factor (UIF-2022): 8.2
Ushbu jurnalda O'zbekiston va chet davlatlar olimlari ilmiy maqolalari chop etiladi.
Ushbu jurnal OAK ro'yxatida mavjud xalqaro bazalarda indekslanib, elektron va bosma holatda nashr etib boriladi.
Jurnalning rasmiy tillari: o‘zbek, rus, ingliz
Jurnal telegram kanali: https://t.me/modernscience_research
Maqola muallifiga BEPUL qabul qilinganlik haqida tabriknoma, sertifikat, indekslanganligi haqida ma'lumotnoma va mualliflik guvohnomasi beriladi.
Jurnal har oyda nashr qilinadi.
Maqolalar yuborish uchun: @modernscience_research
golibboymurodov6@gmail.com

Articles Information letter

Oxirgi qushilgan maqolalar:



MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA BADIIY-ESTETIK MADANIYATINI SHAKILLANTIRISHNING MAZMUNI, SHAKL VA METODLARI.

Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda badiiy-estetik madaniyatni shakllantirishning mazmuni, shakl va metodlari ilmiy-nazariy hamda amaliy jihatdan yoritilgan. Tadqiqotda badiiy-estetik tarbiyaning bolalar shaxsiy rivojlanishi, estetik didi, tasavvuri va ijodiy faoliyatiga ta’siri tahlil qilinadi. Shuningdek, tasviriy san’at, musiqa, adabiyot, teatrlashtirilgan o‘yinlar va ijodiy mashg‘ulotlar orqali estetik madaniyatni rivojlantirishning samarali pedagogik yondashuvlari ko‘rib chiqiladi. Maqolada zamonaviy didaktik texnologiyalar, interfaol metodlar hamda o‘yin asosidagi ta’lim shakllari qo‘llanilishining afzalliklari asoslab berilgan. Olingan natijalar maktabgacha ta’lim tashkilotlarida badiiy-estetik tarbiyani yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.


26.12.2025 Volume 4 Issue 12 View more Download
O’ZBEKISTON SSRDA YO‘LOVCHI TASHISH VA UNING MUAMMOLARI

Mazkur maqola, O’z SSRda yo’lovchi tashish va uning muammolari mavzusida yozilgan. Ushbu maqolada, O’z SSRda yo’lovchi tashishda temir va avtomabil yo‘llаrining o‘rni va xususiyatlari o‘rganilgan. Maqolada temir va avtomabil yo‘llаr tizimining o‘rni samarali bo‘lishi va ularning yuqori natijalarga erishishi uchun qanday shart-sharoitlar zarurligi tahlil qilingan.


26.12.2025 Volume 4 Issue 12 View more Download
FIJITAL SPORT TUSHUNCHASI, VUJUDGA KELISHI HAMDA TURLARI

Bugungi kunda raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi sport sohasiga ham kuchli ta’sir ko‘rsatmoqda. Ana shunday innovatsion yo‘nalishlardan biri - fijital sport hisoblanadi. Fijital sport (Phygital sport) — bu jismoniy (physical) va raqamli (digital) sport elementlarining uyg‘unlashuvi asosida tashkil etiladigan sport faoliyatidir. Ushbu atama inglizcha physical va digital so‘zlarining qo‘shilishidan hosil bo‘lgan. Fijital sportda ishtirokchilar nafaqat real maydonda jismoniy harakatlarni bajaradilar, balki virtual muhitda ham raqamli texnologiyalar yordamida bellashadilar. Uning asosiy vazifasi ikkita musobaqa natijalariga ko‘ra eng ko‘p ball to‘plashdir. Fijital sport individual va jamoaviy shakldagi harakatlarni o‘z ichiga oladi.


26.12.2025 Volume 4 Issue 12 View more Download
O‘ZBEKISTONDA FUQAROLIK JAMIYATI INSTITUTLARINING RIVOJLANISHI: TARIXIY TAJRIBA VA ZAMONAVIY TENDENSIYALAR

Maqolada O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlarining shakllanishi va rivojlanishi tarixiy nuqtai nazardan tahlil qilingan. Mustaqillik yillaridan hozirgi kungacha bo‘lgan davrda nodavlat notijorat tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari, jamoatchilik nazorati organlari va boshqa fuqarolik jamiyati institutlarining o‘rni va ahamiyati yoritilgan.


25.12.2025 Volume 4 Issue 12 View more Download
ЁШЛАР ҲУҚУҚБУЗАРЛИКЛАР ПРОФИЛАКТИКАСИ СОҲАСИДАГИ ҚОНУНЧИЛИКНИ ТИЗИМЛАШТИРИШ ВА КОДИФИКАЦИЯ ҚИЛИШНИНГ ИСТИҚБОЛЛИ ЙЎНАЛИШЛАРИ

Ушбу мақолада ёшлар ўртасида ҳуқуқбузарликлар профилактикаси соҳасидаги норматив-ҳуқуқий базани такомиллаштириш масалалари таҳлил қилинади. Муаллиф томонидан соҳадаги тарқоқ қонунчилик ҳужжатларини тизимлаштириш, инвентаризация қилиш ва ягона ҳуқуқий механизм яратиш йўналишлари ёритилган. Тадқиқот давомида ёшлар ресоциализацияси ва ҳуқуқий тарбия самарадорлигини оширишга қаратилган таклиф ва мулоҳазалар илгари сурилган.


25.12.2025 Volume 4 Issue 12 View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor