Ushbu maqolada nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash va ular uchun qulay muhit yaratish masalasi keng yoritilgan. O‘zbekistonda nogironlarning huquqlarini himoya qilish, ularni bandlik, ta’lim, sog‘liqni saqlash va raqamli xizmatlarga jalb etish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, qabul qilingan farmon va qarorlar tahlil qilingan. Xususan, PF-5270-sonli Farmon va PQ-57-sonli Qaror asosida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, shuningdek, O‘zbekistonning “Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konventsiya”ni ratifikatsiya qilgani alohida ta’kidlangan. Maqolada shuningdek, nogiron shaxslarning mehnat bozoridagi ishtiroki, ish haqi darajasi, ijtimoiy nafaqalardagi o‘zgarishlar va xalqaro tajriba (Buyuk Britaniya, Shvetsiya, Kanada kabi davlatlar bilan solishtirish) haqida ma’lumotlar keltirilgan. O‘zbekistonning zamonaviy tizimlar orqali nogironlarga xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish bo‘yicha strategik vazifalari ham aks ettirilgan.
Ushbu maqolada elektr energiyasini uzatishda yo‘qotishlarning asosiy sabablari va ularni kamaytirish usullari keng tahlil qilinadi. Texnologik yo‘qotishlar, reaktiv quvvat, transformator va o‘tkazgich yo‘qotishlari kabi omillar batafsil ko‘rib chiqiladi. Shu bilan birga, yuqori kuchlanishda uzatish, sifatli o‘tkazgichlar, transformatorlar samaradorligini oshirish, izolyatsiya, HVDC texnologiyasi va avtomatlashtirilgan monitoring tizimlari yordamida yo‘qotishlarni kamaytirish yo‘llari tavsiya etiladi. Maqola energiya uzatish tizimlarining samaradorligini oshirish va iqtisodiy tejamkorlikni ta’minlashga qaratilgan.
Ushbu maqola yashil energetika sohasini o‘rganishga bag‘ishlangan bo‘lib, uning mohiyati, asosiy yo‘nalishlari va O‘zbekistonda rivojlanish istiqbollarini tahlil qiladi. Maqolada qayta tiklanuvchi energiya manbalari — quyosh, shamol, gidro, bio va geotermal energiya turlari, shuningdek, ularni joriy etishdagi zamonaviy texnologiyalar ko‘rib chiqiladi. Maqola doirasida O‘zbekiston Respublikasining yashil energetika siyosati, energetik strategiyalari, yirik loyihalar va xalqaro hamkorlik tajribalari tahlil qilinadi. Shuningdek, sohada duch kelinadigan texnik, iqtisodiy va kadrlar bilan bog‘liq muammolar hamda istiqbollar ko‘rsatib o‘tiladi.
Mazkur maqolada Go‘zalbegim she’riyatidagi lirik yo‘nalishlar oddiy va hayotga yaqin tarzda tahlil qilinadi. Shoira she’rlarida his-tuyg‘ular baland gaplar orqali emas, balki ichki holat, sukut va o‘y bilan ifodalanishi ko‘rsatib beriladi. Maqolada yolg‘izlik, kutish, odamning o‘z-o‘zi bilan gaplashishi kabi holatlar she’rlarda qanday badiiy kuchga aylangani ochib beriladi. Shuningdek, turli lirik yo‘nalishlarning bir-biriga qorishib ketishi va qat’iy qoliplarga bo‘ysunmasligi asoslanadi.
Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda badiiy-estetik madaniyatni shakllantirishning mazmuni, shakl va metodlari ilmiy-nazariy hamda amaliy jihatdan yoritilgan. Tadqiqotda badiiy-estetik tarbiyaning bolalar shaxsiy rivojlanishi, estetik didi, tasavvuri va ijodiy faoliyatiga ta’siri tahlil qilinadi. Shuningdek, tasviriy san’at, musiqa, adabiyot, teatrlashtirilgan o‘yinlar va ijodiy mashg‘ulotlar orqali estetik madaniyatni rivojlantirishning samarali pedagogik yondashuvlari ko‘rib chiqiladi. Maqolada zamonaviy didaktik texnologiyalar, interfaol metodlar hamda o‘yin asosidagi ta’lim shakllari qo‘llanilishining afzalliklari asoslab berilgan. Olingan natijalar maktabgacha ta’lim tashkilotlarida badiiy-estetik tarbiyani yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.