Ushbu maqolada O‘zbekiston transport tarmoqlari bilan bog‘liq holda motel va kichik mehmonxonalarning yangi dizayn tendensiyalari tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida transport infratuzilmasi, ekologik innovatsiyalar va milliy arxitektura elementlari asosida yangi loyihalarning istiqbollari o‘rganildi.
Mazkur maqolada offshor kompaniyalarining xalqaro xususiy huquq doirasidagi huquqiy maqomi tahlil qilinadi. Asosiy e’tibor kompaniyaga nisbatan qo‘llaniladigan shaxsiy qonunni (lex societatis) aniqlovchi ikkita asosiy yondashuv — inkorporatsiya nazariyasi va asosiy faoliyat ko‘rsatiladigan joy nazariyasining (real seat theory) nazariy hamda amaliy tafovutlariga qaratiladi. Tadqiqotda qiyosiy-huquqiy, keys-tahlil va doktrinal yondashuvlar orqali offshor yurisdiktsiyalarning huquqiy xususiyatlari, xalqaro sud amaliyoti va O‘zbekiston qonunchiligidagi mavjud tartiblar tahlil qilinadi.
Mazkur maqolada Sulton Husayn Mirzo davrida kurash san’atining rivojlanishi, uning ilmiy asoslari va yirik shaxslar – xususan, Pahlavon Muhammad Abusaid va Darveshmuhammad kabi kurashchilarning faoliyati yoritilgan. Muallif ushbu shaxslarning nafaqat jismoniy kuchi, balki ilm-fan sohasidagi salohiyati, Alisher Navoiy kabi buyuk shoirlar va Sulton Husayn Mirzo kabi hukmdorlar tomonidan tan olinganligini ta’kidlaydi. Kurash bo‘yicha yozilgan kitoblar, mashqlar va tayyorgarlik uslublari haqida ma’lumotlar keltiriladi. Maqola orqali kurash san’ati faqat jismoniy faoliyat emas, balki ilmiy va madaniy merosning bir qismi sifatida namoyon bo‘ladi.
Ekinshi jáhan urısı jıllarında Ámiwdarya jolawshı hám júk tasıwda baslı transport jolı esaplanǵan Aral teńizi hám Ámiwdarya boyında miynet iskerligi menen shuǵillanǵan adamlardıń jeńiske qosqan úlesi úlken áhmiyetke iye Ekinshi jáhán urısı jıllarında dárya transportı xalıq xojalıǵınıń aldında turǵan ahmiyetlı wazıypalardı orınlawda óz aldına ayriqsha orın iyeledi. Urıstıń dáslepki kúnlerinen aq mámlekettiń pútkil xojalıǵı áskeriy turmısqa baǵdarlandı. Sonlıqtan suw transportı da óz jumısın birinshi náwbette áskeriy maqsetlerde ámelge asirilatuǵın ilajlarǵa qarattı. Aral teńizi hám Ámiwdarya balıqshilarinıń jetkerip bergen azıq-awqat ónimleri front ushin áhmiyetli rol oynadi.
Bul maqalada Qaraqalpaq xalıq dástanlarında tús motiviniń payda bolıwı hám qollanılıw ózgesheligi tallanadı. Izertlewde tús motiviniń mifologiyalıq hám tariyxıy tamırları úyrenilip, onıń dástanlar syujetiniń rawajlanıwındaǵı ornı ashıp beriledi. Izertlew nátiyjeleri qaraqalpaq xalıq dástanlarında tús motiviniń ózine tán ózgesheliklerin hám de xalıqtıń dúnyaqarası hám isenimi menen baylanıslılıǵın kórsetedi.