International scientific journal "Modern Science and Research"

ISSN: 2181-3906;   OAV Guvohnoma №042359;   Impact factor (UIF-2022): 8.2
Ushbu jurnalda O'zbekiston va chet davlatlar olimlari ilmiy maqolalari chop etiladi.
Ushbu jurnal OAK ro'yxatida mavjud xalqaro bazalarda indekslanib, elektron va bosma holatda nashr etib boriladi.
Jurnalning rasmiy tillari: o‘zbek, rus, ingliz
Jurnal telegram kanali: https://t.me/modernscience_research
Maqola muallifiga BEPUL qabul qilinganlik haqida tabriknoma, sertifikat, indekslanganligi haqida ma'lumotnoma va mualliflik guvohnomasi beriladi.
Jurnal har oyda nashr qilinadi.
Maqolalar yuborish uchun: @modernscience_research
golibboymurodov6@gmail.com

Articles Information letter

Oxirgi qushilgan maqolalar:



O'ZBEK TILIDAGI SO'ROVLARDA PRAGMATIK ROL MODELLASHTIRISH: KAM RESURSLI LINGVISTIK MUHITDA SUN'IY INTELLEKT GALLYUTSINATSIYALARINI KAMAYTIRISH STRATEGIYASI

Maqola sun'iy intellekt gallyutsinatsiyalarini bartaraf etish muammosini kam resursli lingvistik muhit — o'zbek tili konteksti misolida tahlil qiladi. Tadqiqotning dolzarbligi shundaki, gallyutsinatsiyani kamaytirish bo'yicha mavjud usullarning aksariyati ingliz tilida ishlab chiqilgan va sinovdan o'tkazilgan, ularning boshqa tillarga o'tkazilishi esa avtomatik emas. Maqolada ko'p tilli gallyutsinatsiya bo'yicha bir-biriga zid empirik ma'lumotlar tanqidiy tahlil qilinadi va bu ziddiyat metrikalar hamda abstensiya xulq-atvorining farqi bilan izohlanadi. Amaliy natija sifatida beshta komponentdan iborat pragmatik rol protokoli taklif etiladi. Protokolning cheklovlari va joriy etishdan oldin bajarilishi zarur bo'lgan validatsiya shartlari ochiq qayd etiladi.


30.07.2026 Volume 5 Issue 7 View more Download
FIZIKA DARSLARIDA PASKAL VA ARXIMED QONUNLARINI TAJRIBA ASOSIDA O‘QITISH METODIKASI

Fizika fanini o‘qitishda nazariy bilimlarni amaliy kuzatishlar bilan bog‘lash o‘quvchilarda ilmiy tafakkurni rivojlantirishning eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Ayniqsa, suyuqliklar mexanikasiga oid Paskal va Arximed qonunlari o‘z mohiyatiga ko‘ra tajriba orqali osonroq anglashiladigan mavzulardandir. Mazkur maqolada ushbu qonunlarni tajriba asosida o‘qitishning metodik yondashuvlari tahlil qilinadi hamda dars jarayonida oddiy laboratoriya jihozlari yordamida tashkil etilishi mumkin bo‘lgan amaliy mashg‘ulotlarning didaktik imkoniyatlari yoritiladi. Shuningdek, tajribalarni tashkil etishda o‘quvchilarning kuzatish, taqqoslash, tahlil qilish va xulosa chiqarish ko‘nikmalarini shakllantirishga alohida e'tibor qaratiladi. Maqolada keltirilgan metodik tavsiyalar umumta'lim maktablari va akademik litseylar fizika darslarini tashkil etishda qo‘llash uchun tavsiya etiladi.


30.07.2026 Volume 5 Issue 7 View more Download
DIGITAL TRANSFORMATION OF THE EDUCATION MANAGEMENT SYSTEM AS A BASIS FOR IMPROVING THE QUALITY OF THE EDUCATIONAL PROCESS

The article discusses the conceptual foundations of the digital transformation of the management system of educational organizations in the context of digitalization. The essence of digital transformation, its main components and features of implementation in the management system of educational organizations are analyzed. Particular attention is paid to digital strategy, technological infrastructure, digital culture, artificial intelligence and data analytics. Based on the analysis of the experience of leading universities in the USA, Russia and China, the main directions of digital transformation of the management system were identified. It was concluded that the integrated introduction of digital technologies contributes to improving the efficiency of management activities and the quality of educational services.


30.07.2026 Volume 5 Issue 7 View more Download
ARUZ VAZNINING O‘QITILISHIDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK YONDASHUVLARNING AHAMIYATI

Mazkur maqolada aruz vaznini ona tili va adabiyot darslarida o‘qitishning nazariy hamda amaliy jihatlari yoritilgan. Aruz vaznining o‘ziga xos xususiyatlarini o‘quvchilarga tushunarli tarzda yetkazishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar va interfaol metodlardan foydalanishning samaradorligi tahlil qilingan. Shuningdek, mazkur yondashuvlar orqali o‘quvchilarning mumtoz adabiyotga qiziqishi, tahliliy fikrlashi hamda badiiy matnni anglash kompetensiyasini rivojlantirish masalalari yoritilgan.


30.07.2026 Volume 5 Issue 7 View more Download
SUN’IY INTELLEKT VA PEDAGOGIKA: TA’LIMDAGI IMKONIYATLAR VA MUAMMOLAR

Bugungi kunda ta’limga integratsiya qilinayotgan eng yangi texnologiyalardan biri bu sun’iy intellektdir. Sun’iy intellektning ta’limdagi rolini shunchaki texnologik yangilik sifatida ko‘rishdan ko‘ra, uni pedagogik funktsiyaga ham ega bo‘lgan element sifatida ko‘rib chiqish ushbu texnologiyaning ta’limga qo‘shgan hissasini tushunishda katta ahamiyatga ega. Ushbu maqolaning taqdim etilishidan maqsad, sun’iy intellektning ta’limdagi o‘rni va ta’sirini pedagogik doirada muhokama qiladigan malakali tadqiqotlarni o‘rganib, sun’iy intellektning pedagogikani qanday qo‘llab-quvvatlashi va pedagogik nuqtai nazardan olib kelishi mumkin bo‘lgan salbiy holatlarni ochib berish va bu mavzudagi o‘zbek adabiyotiga hissa qo‘shishdir.


30.07.2026 Volume 5 Issue 7 View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor