Mazkur maqolada ingliz tili fanini oʻqitishda zamonaviy pedagogik yondashuvlar, ularning turlari va amaliyotga tatbiq etish mexanizmlari yoritilgan. Xususan, kommunikativ yondashuv, CLIL (Content and Language Integrated Learning), task-based learning, va raqamli texnologiyalardan foydalanishning samaradorligi tahlil qilingan. Shuningdek, zamonaviy metodlardan foydalanish o‘quvchilarning til kompetensiyasini oshirish, mustaqil fikrlash va muloqotga kirishish ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi o‘rni ilmiy asosda ko‘rib chiqiladi. Maqolada ta’lim jarayonida innovatsion uslublarni qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar ham berilgan.
Ushbu maqolada Termiz shahrining qadimiy davrdan to hozirgi kungacha bo‘lgan tarixiy taraqqiyoti o‘rganiladi. Maqolada Ahamoniylar davridan boshlab, Aleksandr Makedonskiy yurishlari, Kushon imperiyasi, islomiy uyg‘onish, Temuriylar va Sovet Ittifoqi ta’siri kabi tarixiy bosqichlar tahlil qilinadi. Shuningdek, Kampirtepa, Fayoztepa, Qirq-qiz qal’asi kabi arxeologik yodgorliklar hamda Termiziy olimlarning ilmiy merosi haqida ma’lumotlar beriladi.