Mazkur maqolada zamonaviy oliy ta’lim tizimida joriy etilgan kredit-modul tizimining talabalarning mustaqil ta’limga bo‘lgan munosabatiga, bilim olishga nisbatan faolligi va mas’uliyatini oshirishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Shuningdek, kredit-modul tizimi asosida tashkil etilgan ta’lim jarayoni orqali o‘quvchilarni o‘z-o‘zini rivojlantirishga yo‘naltirishdagi imkoniyatlar yoritiladi.
Maqolada Islom ayollarga taqdim etgan asosiy huquqlarni — hayot huquqi, sha’nini himoya qilish, meros, mulkka egalik qilish va tasarruf etish, mahr olish, nafaqa, nikohga rozilik berish, ta’lim olish, ijtimoiy va diniy faoliyatlarda ishtirok etish huquqlarini atroflicha yoritib beriladi. Shu bilan birga, ayollarning oila va jamiyatdagi majburiyatlari — oilani saqlash, farzandlarni tarbiyalash, erga itoat va uy ishlarini boshqarish kabi jihatlari tahlil qilinadi.
Mazkur maqolada sport etikasi tushunchasi, uning shakllanishi va zamonaviy sportda tutgan o‘rni tahlil qilinadi. Sportda adolat, halollik, raqibga hurmat, o‘zini tutish madaniyati kabi etik qadriyatlarning ahamiyati yoritiladi. Shuningdek, professional sportchilarning, murabbiylar va sport muassasalarining axloqiy mas’uliyati, dopingdan foydalanish, korrupsiya va zo‘ravonlik holatlariga qarshi kurashish zarurati ilmiy-nazariy jihatdan asoslab berilgan. Maqolada sport etikasi nafaqat sportchilar, balki butun jamiyatning madaniy rivojlanishiga xizmat qiluvchi muhim omil sifatida ko‘rsatilgan. Muallif sport etikasi masalalarini yoritishda xorijiy tajribalar va xalqaro sport tashkilotlarining me’yoriy hujjatlariga ham murojaat qiladi.