Bul maqala qaraqalpaq muzıka mádeniyatınıń rawajlanıwına salmaqlı úles qosqan tanıqlı professional kompozitor Ǵayıp Demesinovtıń dóretiwshiligine arnalǵan. Kompozitordıń dóretiwshiliginde onıń vokal janrındaǵı shıǵarmaları úlken orınǵa iye bolıp, maqala dawamında tiykarınan kompozitordıń Watan temasına arnalǵan “Ózbekstan Watanım menıń”, “Tuwılǵan jerge”, “Qońırattıń qızları bar” qosıqları mısalında shıǵarmalar talqılanıwı kórip shıǵıldı.
Mazkur maqolada uyg‘ur va o‘zbek xalq maqom san’ati o‘rtasidagi mushtarakliklar tarixiy, madaniy va musiqiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida ikki xalqning maqom merosida mavjud bo‘lgan ohangdorlik, uslub, ijro shakllari va cholg‘u asboblaridagi o‘xshashliklar ilmiy asosda yoritilgan. Shuningdek, maqomlarning rivojlanishiga ta’sir etgan umumiy tarixiy-madaniy omillar, ularning ijtimoiy hayotdagi o‘rni va avloddan avlodga o‘tish mexanizmlari ham ko‘rib chiqiladi. Maqola Sharq musiqiy an’analarining integratsiyalashuvi va madaniy almashinuvi nuqtai nazaridan ham dolzarb ahamiyatga ega.
Ushbu maqola Xorazm musiqiy madaniyatining yirik namoyandalaridan biri, iste’dodli bastakor, ustoz-shogird an’anasi davomchisi va tajribali pedagog Bozorboy O‘rinov faoliyatiga bag‘ishlangan. Unda O‘rinovning Xorazm maqom san’atini rivojlantirishdagi xizmatlari, xalq og‘zaki ijodi va professional musiqa uyg‘unligi asosida yaratilgan asarlari yoritiladi.
Mazkur maqolada zamonaviy oliy ta’lim tizimida joriy etilgan kredit-modul tizimining talabalarning mustaqil ta’limga bo‘lgan munosabatiga, bilim olishga nisbatan faolligi va mas’uliyatini oshirishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Shuningdek, kredit-modul tizimi asosida tashkil etilgan ta’lim jarayoni orqali o‘quvchilarni o‘z-o‘zini rivojlantirishga yo‘naltirishdagi imkoniyatlar yoritiladi.
Mazkur maqolada davlatning inson huquqlarini ta’minlashdagi asosiy majburiyatlari va Konstitutsiyaning inson manfaatlariga xizmat qilishdagi ahamiyati yoritilgan. Tadqiqotda konstitutsiyaviy tamoyillar, xalqaro majburiyatlar va davlatning ichki siyosatidagi inson huquqlarini himoya qilish mexanizmlari tahlil qilinadi. Konstitutsiya inson manfaatlarini kafolatlovchi asosiy hujjat ekanligi, uning hayotga tatbiq etilishi jarayonlari misollar orqali yoritiladi. Shuningdek, sud tizimi va huquqiy davlat tamoyillarining inson huquqlarini ta'minlashdagi o‘rni ham tahlil qilingan.