Ushbu maqolada ichimlik reklamalarining sotsiopragmatik xususiyatlari tahlil qilinadi. Ichimlik reklamalarida til vositalarining qanday maqsadlarda qo’llanilishi, auditoriya bilan samarali muloqot o’rnatish usullari atroflicha ko’rib chiqiladi. Bundan tashqari, reklamalarda madaniy qadriyatlar, steriotiplar va iste’molchilar bilan bog’liq kommunikativ strategiyalar qanday aks etishi o’rganiladi. Maqolada ichimlik reklamalari tili va uslubining jamiyatga moslashuvi va uning psixologik hamda lingvistik jihatlari ham yoritib berilgan.
Mazkur maqolada yosh bolalarning psixologik tarbiyasi va uning inson hayotidagi ahamiyati yoritilgan. Bolaning psixik rivojlanishi, shaxs sifatida shakllanishi, atrof-muhitga moslashuvi, o‘zini anglash va boshqalar bilan munosabat o‘rnatish qobiliyati, aynan go‘daklik va erta yoshdagi tarbiya jarayoniga chambarchas bog‘liqdir. Maqolada oiladagi muhit, ota-ona va tarbiyachilarning roli, mehr-muhabbat, tushunish va emotsional qo‘llab-quvvatlash kabi psixologik omillar yoritib berilgan. Shuningdek, bolaning xarakteriga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan omillar, masalan, befarqlik, jazolash, e’tiborsizlik kabi holatlar haqida ham so‘z yuritiladi. Muallif psixologik tarbiyaning sog‘lom jamiyat shakllanishidagi o‘rni va dolzarbligini asoslab beradi hamda amaliy tavsiyalarni taqdim etadi. Ushbu maqola o‘qituvchilar, tarbiyachilar, psixologlar hamda ota-onalar uchun foydali qo‘llanma bo‘la oladi.
Mazkur ilmiy maqolada bank faoliyatini raqamlashtirish orqali xizmatlar sifatini oshirish masalasi “O‘zsanoatqurilishbank” ATB misolida o‘rganilgan. Tadqiqot davomida bank tomonidan 2021–2024 yillar oralig‘ida joriy etilgan raqamli texnologiyalar, mobil ilovalar, internet-banking, onlayn kreditlash, chatbotlar va sun’iy intellekt asosidagi xizmatlarning samaradorligi tahlil qilindi. Statistik ko‘rsatkichlar asosida mijozlar qoniqish darajasining ortishi, xizmat ko‘rsatish tezligi va qulayligi oshgani aniqlangan. Shuningdek, maqolada xizmat sifatini yanada yaxshilash uchun zarur bo‘lgan strategik yo‘nalishlar – shaxsiylashtirilgan xizmatlar, avtomatlashtirish darajasini oshirish va kibermuhofaza choralarini kuchaytirish bo‘yicha tavsiyalar berilgan. Ushbu tadqiqot O‘zbekistonda bank raqamlashtiruvi orqali xizmatlar sifatini yaxshilashda muhim ilmiy-amaliy asos bo‘lib xizmat qiladi.
Ushbu maqolada 1925-1945-yillarda Xorazm viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy hayoti tahlil qilinadi. Sovet Ittifoqining yangi siyosiy tizimi, kollektivlashtirish, repressiya va urushning ta’siri viloyatning iqtisodiy va ijtimoiy tuzilmasida katta o‘zgarishlarga olib keldi. Paxta ishlab chiqarishining rivojlanishi va kolxozlar tizimining o‘rnatilishi viloyat iqtisodiyotini modernizatsiya qilishga yordam berdi, ammo bu jarayonlar jamiyatda qarshiliklar va ijtimoiy tengsizlikni keltirib chiqardi. Repressiya siyosati va urushning ta’siri esa, viloyatning siyosiy barqarorligini va aholi turmushini yomonlashtirdi. Maqolada Xorazm viloyatidagi ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar, ularning aholi va iqtisodiyotga ta’siri batafsil yoritilgan.
O‘zbekistonda sport sohasining rivojlanishi, uning iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyati oshishi bilan birga, sport menejmenti tizimini takomillashtirish zarurati tobora ortib bormoqda. Sport menejmenti nafaqat sport tashkilotlarining samarali ishlashini ta’minlash, balki sportning ommalashuvi, infratuzilmani rivojlantirish va yoshlarni sportga jalb qilishda muhim ahamiyatga ega. Bugungi kunda O‘zbekistonda sport menejmenti tizimi hali shakllanmagan bo‘lib, bir qator muammolarni o‘z ichiga oladi. Ushbu maqolada O‘zbekistonda sport menejmentini rivojlantirishning muhim jihatlari va mavjud muammolarni hal qilish yo‘llari tahlil qilinadi.