Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida mahalliy byudjet daromadlari bazasini mustahkamlash masalasi Barqaror Rivojlanish Maqsadlari (BRM) va ESG tamoyillari (Ekologik, Ijtimoiy, Boshqaruv) asosida tahlil qilinadi. Unda hududiy moliyaviy mustaqillik, byudjet tushumlarini oshirish va resurslarni samarali boshqarish zarurligi ta’kidlanadi. O‘zbekistonning 2030-yilgacha bo‘lgan strategiyasi, yashil taksonomiya modeli, shuningdek yer, mol-mulk va foyda solig‘i hamda ekologik yig‘imlar asosida shakllanadigan mahalliy daromadlar tahlil qilinadi. Raqamli transformatsiya, soliq hisobotlarining avtomatlashtirilishi va elektron xizmatlarning kengayishi natijasida byudjet tushumlari o‘sayotgani ko‘rsatilgan. Shuningdek, o‘zini o‘zi band qilganlar sonining ortishi, kichik biznesga soliq yengilliklari va davlat-xususiy sheriklik orqali yangi daromad manbalarini shakllantirish taklif etilgan.
Ushbu maqolada tijorat banklari faoliyatini raqamlashtirish orqali mijozlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish masalalari tahlil qilingan. Raqamli texnologiyalarning bank xizmatlariga tatbiq etilishi xizmat ko‘rsatish tezligini oshirish, operatsion xarajatlarni kamaytirish, xavfsizlik darajasini kuchaytirish va mijoz ehtiyojlariga yanada mos xizmatlar ko‘rsatish imkonini bermoqda. Maqolada O‘zbekiston bank tizimining raqamli transformatsiyadagi holati, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari, shuningdek, ilg‘or texnologiyalar (mobil banking, sun’iy intellekt, blokcheyn) orqali xizmatlar sifatini yanada takomillashtirish istiqbollari yoritilgan.
Ushbu maqola O‘zbekiston Respublikasida yosh gandbolchi darvozabonlarni tayyorlashning hozirgi holatini tahlil qiladi, mavjud muammolarni aniqlaydi va ularni bartaraf etish uchun innovatsion yechimlarni taklif etadi. Tadqiqotda jismoniy, texnik va psixologik tayyorgarlik masalalari ko‘rib chiqilib, xalqaro va mahalliy tajribalar, amaliyotlar, xususan, OKMK jamoasi misolida zamonaviy usullari muhokama qilinadi. Maqolada yosh darvozabonlarning malakasini oshirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar berib o‘tilgan.
Ushbu maqola O'zbekiston Respublikasida xalq bilan muloqot tizimining shakllanish va rivojlanish tarixini tahlil qiladi. Maqolada tizimning mustaqillik yillaridan buyon bo'lgan evolyutsiyasi, demokratlashtirish jarayonlarida tutgan o'rni va zamonaviy davlat boshqaruvida xalq bilan muloqotning ahamiyati tahlil etiladi.
Zulfiya Isroilova qalamiga mansub, “Bahor keldi seni soʻroqlab” she’ri. Zulfiya Isroilova iqtidorli shoira va yozuvchi inson qalb tuyg’ularini o‘tkir bilimdoni bulib, turli janrlarda asarlar yaratgan: dostonlar, balladalar, nasriy she’rlar, hikoyalar, ocheriklar, puplististik maqolalar va gazeta xabarlari.Uning ko‘p she’rlari SSSR xalqlari tinchligi va do‘stligi sari kurashga bag‘ishlangan.