Ushbu maqolada tijorat banklari faoliyatini raqamlashtirish orqali mijozlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish masalalari tahlil qilingan. Raqamli texnologiyalarning bank xizmatlariga tatbiq etilishi xizmat ko‘rsatish tezligini oshirish, operatsion xarajatlarni kamaytirish, xavfsizlik darajasini kuchaytirish va mijoz ehtiyojlariga yanada mos xizmatlar ko‘rsatish imkonini bermoqda. Maqolada O‘zbekiston bank tizimining raqamli transformatsiyadagi holati, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari, shuningdek, ilg‘or texnologiyalar (mobil banking, sun’iy intellekt, blokcheyn) orqali xizmatlar sifatini yanada takomillashtirish istiqbollari yoritilgan.
Ushbu maqolada axborot tizimlarini integratsiyalashning zamonaviy yechimlari tahlil qilinadi. Integratsiya jarayoni, tashkilotlar va davlat boshqaruvi tizimlari o’rtasida samarali axborot almashinuvi va ma’lumotlarni birlashtirish orqali umumiy samaradorlikni oshirishda muhim rol o’ynaydi. Maqola axborot tizimlarini integratsiyalashda qo’llaniladigan ilg‘or texnologiyalar, masalan, API’lar, ESB, bulutli hisoblash, IoT va Big Data texnologiyalari haqida so’z yuritadi. Shuningdek, integratsiyaning raqamli transformatsiya va texnologik innovatsiyalarni joriy etishdagi ahamiyati ko’rib chiqilgan. Maqola axborot tizimlarini integratsiyalashning afzalliklari va uning turli sohalarda, jumladan, biznes, sog‘liqni saqlash, ta’lim va davlat boshqaruvida qanday qo’llanilayotgani haqida misollar keltiradi.
Mazkur ilmiy maqolada tijorat banklarining xalqaro pul o‘tkazmalari bo‘yicha moliyaviy operatsiyalarini buxgalteriya hisobida aks ettirish, ularni tahlil qilish va samarali auditini tashkil etish bo‘yicha mavjud holat chuqur o‘rganilgan. Xususan, xalqaro pul o‘tkazmalari hajmining yildan-yilga oshib borayotgani, raqamli moliyaviy texnologiyalar (fintex), onlayn to‘lov tizimlari va elektron bank xizmatlarining kengayishi fonida banklar uchun ushbu operatsiyalarni aniqlik, tezlik va xavfsizlik talablariga muvofiq boshqarish dolzarb masalalardan biri sifatida ko‘riladi. Maqolada banklar tomonidan SWIFT tizimi, ISO 20022 xabar almashinuvi standarti, blokcheyn texnologiyalari va avtomatlashtirilgan komplayens nazorati kabi ilg‘or yondashuvlarni joriy etish orqali xalqaro pul o‘tkazmalarining hisob va audit jarayonlarini yanada takomillashtirish bo‘yicha amaliy takliflar ilgari surilgan. Ushbu ilmiy ish bank-moliya sohasidagi mutaxassislar, buxgalterlar, auditorlar va regulyatorlar uchun nazariy hamda amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, moliyaviy shaffoflikni oshirish va tavakkalchiliklarni kamaytirishga xizmat qiladi.
Ushbu maqolada O’zbekiston Respublikasida inson huquqlarini milliy mexanizm va milliy qonunchiligimizga asoslangan holda himoya qilish, hukumatimiz tomonidan inson huquqlarini himoya qilish bilan bo’g’liq yangi tizimlarni muhokama qilish bilan bir qatorda, inson huquqlarini himoya qiluvchi organlar, tuzulmalarning bu borada faoliytini yanada barqarorlashtirish, shuningdek, xalqaro hujjatlar va xalqaro sudda ko’rilgan ishlar ham tahlil qilgan.
Zulfiya Isroilova qalamiga mansub, “Bahor keldi seni soʻroqlab” she’ri. Zulfiya Isroilova iqtidorli shoira va yozuvchi inson qalb tuyg’ularini o‘tkir bilimdoni bulib, turli janrlarda asarlar yaratgan: dostonlar, balladalar, nasriy she’rlar, hikoyalar, ocheriklar, puplististik maqolalar va gazeta xabarlari.Uning ko‘p she’rlari SSSR xalqlari tinchligi va do‘stligi sari kurashga bag‘ishlangan.