Bugungi kunda jamiyatimizda axloqiy tarbiyaning kuchaytirilishi, yosh avlod qalbida ezgulik, mehr-oqibat, halollik kabi fazilatlarni singdirish muhim masalalardan biridir. Ayniqsa, boshlang‘ich ta’lim bosqichida bolalarning ijtimoiy ongini shakllantirish orqali ularni jamiyatga foydali shaxs etib voyaga yetkazish mumkin. Bu borada tasavvuf ta’limotining tarbiyaviy jihatlari alohida ahamiyat kasb etadi. Tasavvuf insonni ichki poklanishga, boshqalarga nisbatan mehribonlik va muruvvat bilan munosabatda bo‘lishga chorlaydi. Ushbu maqolada tasavvuf ta’limotining boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ongiga ijtimoiy g‘oyalarni singdirishdagi ahamiyati yoritiladi. Har bir inson yoshlik chog’idan boshlab odob axloq qoidalariga rioya qilishi va atrofdagilarga ham hurmatda bo’lishi zarur. Hozirgi globallashuv jarayonida o’quvchilarni ijtimoiy ongini rivojlantirish juda muhim jarayon hisoblanadi.
Mazkur maqolada jismoniy tarbiya va sport sohasida raqamli texnologiyalarning qo‘llanilishiga oid yangi tendensiyalar, ularning samaradorligi va imkoniyatlari tahlil qilinadi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanishi sport mashg‘ulotlarini takomillashtirish, sportchilarning salomatligini monitoring qilish, trening jarayonlarini optimallashtirish hamda sport tadbirlarini keng auditoriyaga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Mazkur maqola, toshkent viloyаti xаlq xo‘jаligidа temir yo‘llаr tizimining o‘rni mavzusida yozilgan. Ushbu maqolada, toshkent viloyаti xаlq xo‘jаligidа temir yo‘llаr tizimining o‘rni va xususiyatlari o‘rganilgan. Maqolada toshkent viloyаti xаlq xo‘jаligidа temir yo‘llаr tizimining o‘rni samarali bo‘lishi va ularning yuqori natijalarga erishishi uchun qanday shart-sharoitlar zarurligi tahlil qilingan.
Bul maqalada emocional sharshaw sindromı (burnout) túsinigi, onıń qáliplesiw sebepleri hám ásirese, sociallıq belsendilik penen baylanıslı júzege keletuǵın psixologiyalıq hám fiziologiyalıq qáwip-qáterler tallanǵan. Sonday-aq, sindromnıń aldın alıw boyınsha usınıslar da berilgen.