Mazkur maqolada baydarka va kanoeda eshkak eshish jarayonining biomekanik xususiyatlari yoritilgan. Unda eshkak eshish harakatining asosiy fazalari, mushaklar faoliyati, kuch uzatilishi hamda muvozanat va koordinatsiyaning ahamiyati tahlil qilingan. Shuningdek, to‘g‘ri biomekanik texnikaning sport samaradorligini oshirish va jarohatlarning oldini olishdagi roli ko‘rsatib berilgan.
Bul maqalada Amiwdárya tómengi aǵımı suw háwizleriniń biri bolǵan Qaraqalpaaqstannıń arqa-shıǵıs tárepi aymaǵındaǵı Shıǵıs Qaratereń kólinde tarqalǵan dominant otxor balıq túri bolǵan Aq dóńmańlay (Hypothtalmichthys molitrix)balıǵınıń jasqa baylanıslı morfologik belgileri, ósiw hám rawajlanıw kórsetkishleri haqqında maǵlıwmatlar berilgen. Izertlew maqsetinde kólden uslanǵan balıq shabaqlarınıń hám hártúrli jastaǵı aq dóńmańla balıǵınıń dene uzınlıǵı, salmaǵı hám morfologik belgileri maksimal,minimal hám minimal belgiler menen salıstırmalı kórsetilgen bolıp tabıladı.
Mazkur maqolada akademik eshkak eshuvchilarning mashgʻulot jarayonida qoʻllaniladigan mashgʻulot vositalari va yuklamalarni rejalashtirishning ilmiy-uslubiy asoslarini tahlil qilishga qaratilgan. Tadqiqotda sport mashgʻulotlari nazariyasi va amaliyotiga oid zamonaviy ilmiy manbalar, yetakchi mutaxassislarning qarashlari hamda yuqori malakali eshkak eshuvchilar tayyorgarligi tajribasi oʻrganildi. Mashgʻulot yuklamalarining hajmi, intensivligi, yoʻnaltirilganligi va ularning sportchilarning funksional holatiga taʼsiri ilmiy jihatdan asoslab berildi. Shuningdek, yillik, oylik va haftalik mashgʻulot rejalashtirishda yuklamalarni optimallashtirish masalalari yoritildi. Tadqiqot natijalari akademik eshkak eshuvchilarning sport mahoratini oshirish, jarohatlanish xavfini kamaytirish va musobaqa faoliyatida yuqori natijalarga erishishga xizmat qiladi.
Ushbu maqola jamoviy akademik eshkak eshish sport turining tarixi, texnikasi va jismoniy hamda ruhiy foydalarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Maqolada sport turining rivojlanish bosqichlari, ekipaj ishining koordinatsiyasi, eshak texnikasi va chidamlilikni oshirishdagi roli tahlil qilinadi. Shuningdek, jamoviy akademik eshkak eshish nafaqat jismoniy kuch va kardiorespirator chidamlilikni rivojlantirishi, balki jamoaviy ish ko‘nikmalari, diqqat va strategik fikrlashni mustahkamlashga ham xizmat qilishi ko‘rsatib o‘tilgan. Tadqiqotlar shuni isbotlaydiki, ushbu sport turi pedagogik, madaniy va sog‘liqni mustahkamlash jihatidan ahamiyatga ega.
Ushbu maqola "Zarbulmasal" asaridagi maqollarning lingvistik xususiyatlarini o'rganishga bag'ishlangan. Maqolada maqollarning strukturaviy, semantik va stilistik jihatlari tahlil qilinadi, ularning madaniy qadriyatlar va ijtimoiy me'yorlarni ifodalashdagi roli ko'rsatiladi. Maqollarda ishlatiladigan metafora, alliteratsiya va boshqa retorik vositalar orqali ularning ifodali va esda qolarli bo'lishi ta'kidlanadi. Shuningdek, maqollarda sintaksis va fonetika jihatlari o'rganilib, tilning fikr shakllantirishdagi va jamoaning madaniy identitetini aks ettirishdagi o'rni ochib beriladi. Ushbu tadqiqot an'anaviy og'zaki adabiyotda til va madaniyat o'rtasidagi o'zaro bog'liqlikni chuqurroq tushunishga hissa qo'shadi.