Mazkur maqolada mustaqillik yillarida Qoraqalpog‘iston dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutining shakllanishi, rivojlanish bosqichlari va ilmiy faoliyati tahlil qilingan. Institutning 2019–2023-yillardagi ilmiy loyihalari, yangi qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini yaratish, innovatsion ishlanmalarni amaliyotga joriy etish hamda tijoratlashtirish borasidagi faoliyati yoritilgan. Shuningdek, institutning xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligi, ilmiy salohiyatini oshirishga qaratilgan chora tadbirlar va Orolbo‘yi mintaqasining murakkab ekologik sharoitlarida qishloq xo‘jaligini rivojlantirishdagi o‘rni ochib berilgan. Tadqiqot natijalari Qoraqalpog‘iston Respublikasida agrar soha taraqqiyotida ilm-fan va innovatsiyalarning muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi.
Ushbu maqolada nemis tili darslarida raqamli texnologiyalardan foydalanishning ta’lim samaradorligiga ta’siri chuqur tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, interaktiv ta’lim platformalari, mobil ilovalar, onlayn resurslar, multimedia vositalari va sun’iy intellektga asoslangan dasturlar orqali o‘quvchilarning tinglab tushunish, o‘qish, yozish hamda og‘zaki nutq ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatlari sezilarli darajada kengayadi. Shu bilan birga, mazkur texnologiyalar o‘quvchilarning dars jarayonidagi faolligini oshirishga, mustaqil ta’lim olish kompetensiyalarini shakllantirishga hamda til o‘rganishga bo‘lgan motivatsiyasini kuchaytirishga xizmat qiladi. Tadqiqot natijalari o‘qituvchilarning raqamli vositalardan maqsadli va samarali foydalanishi, individual yondashuvni ta’minlashi hamda zamonaviy pedagogik metodlarni integratsiyalashi ta’lim sifati va natijadorligini yanada oshirishini tasdiqlaydi. Nemis tili darslarida raqamli texnologiyalarni muntazam qo‘llash o‘quvchilarning kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishga, axborot-kommunikatsion ko‘nikmalarini mustahkamlashga va xalqaro ta’lim muhitiga muvaffaqiyatli integratsiyalashuviga imkon yaratadi.