Mazkur maqolada deviant xulqli bolalarning tarbiyasida oila, ota-ona va mahalla institutlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning mazmuni, ahamiyati va yo‘nalishlari tahlil qilingan. Jamiyatdagi axloqiy qadriyatlar, oilaviy muhit, mahalla nazorati hamda ta’lim tizimi o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni mustahkamlash zarurligi yoritilgan. Maqolada deviant xulq sabablari, uni oldini olish mexanizmlari hamda ijtimoiy muhitning bola shaxsiga ta’siri bo‘yicha ilmiy qarashlar keltirilgan.
Boshlang’ich ta’limda STEAM texnologiyasiming imkoniyatlari o’quvchilarning borliq haqidagi, atrof-olam haqidagi bilimlarini oshirishga yordam beradi. Bugungi kunda mamlakatimizda uzluksiz ta’limni rivojlantirish, xalqaro texnologiyalarni xalq ta’limiga olib kirish takomillashmoqda. Ushbu maqola boshlang’ich ta’lim fanlarini o’qitishda STEAM texnologiyasining ahamiyatiga bag’ishlangan.
В статье исследуются актуальные проблемы социальной адаптации лиц, взятых на профилактический учет в Республике Узбекистан. Проанализированы правовые основы профилактического учета, закрепленные в Законе «О профилактике правонарушений», и практические трудности их реализации. Выявлены проблемЫ социальной адаптации, включая трудовую и профессиональную адаптацию, социальную стигматизацию, недостаточное развитие институциональной инфраструктуры, жилищно-бытовые проблемы, психологическую дезадаптацию, отсутствие межведомственной координации и правовых гарантий. Особое внимание уделено временным аспектам адаптационного процесса, влиянию криминальной субкультуры и необходимости дифференцированного подхода к различным категориям лиц. Предложены научно обоснованные рекомендации по совершенствованию законодательства и практики социальной адаптации, включая создание системы межведомственного взаимодействия, развитие института наставничества, стимулирование работодателей и привлечение институтов гражданского общества.
Maqolada O‘zbekiston Respublikasida 1991–2025-yillar oralig‘ida umumiy o‘rta ta’lim tizimining rivojlanish bosqichlari, islohotlarning asosiy yo‘nalishlari va natijalari tahlil qilinadi. Ta’lim sohasida amalga oshirilgan normativ-huquqiy o‘zgarishlar, davlat dasturlari, yangi o‘quv yondashuvlarining joriy etilishi hamda o‘qituvchilarning ijtimoiy maqomi o‘zgarishlari ilmiy tahlil qilinadi.
Ushbu maqolada umumta’lim maktablarida adaptiv jismoniy tarbiya darslarini tashkil etishning ilmiy-pedagogik asoslari tahlil qilinadi. Maxsus ehtiyojli o‘quvchilarning jismoniy rivojlanishi, sog‘lomlashtirish faoliyatini yo‘lga qo‘yish, dars jarayonida individual yondashuvni amalga oshirish masalalari yoritilgan. Shuningdek, adaptiv jismoniy tarbiya darslarini o‘tkazishda xorijiy tajriba hamda O‘zbekiston ta’lim tizimidagi islohotlar tahlil qilingan.