International scientific journal "Modern Science and Research"

ISSN: 2181-3906;   OAV Guvohnoma №042359;   Impact factor (UIF-2022): 8.2
Ushbu jurnalda O'zbekiston va chet davlatlar olimlari ilmiy maqolalari chop etiladi.
Ushbu jurnal OAK ro'yxatida mavjud xalqaro bazalarda indekslanib, elektron va bosma holatda nashr etib boriladi.
Jurnalning rasmiy tillari: o‘zbek, rus, ingliz
Jurnal telegram kanali: https://t.me/modernscience_research
Maqola muallifiga BEPUL qabul qilinganlik haqida tabriknoma, sertifikat, indekslanganligi haqida ma'lumotnoma va mualliflik guvohnomasi beriladi.
Jurnal har oyda nashr qilinadi.
Maqolalar yuborish uchun: @modernscience_research
golibboymurodov6@gmail.com

Articles Information letter

Oxirgi qushilgan maqolalar:



O‘ZBEKISTONDA MILLIY MADANIY MEROSNI SAQLASH VA TARG‘IB QILISH SIYOSATINING TARIXIY BOSQICHLARI

Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida milliy madaniy merosni saqlash va targ‘ib qilish siyosatining shakllanish jarayoni hamda uning tarixiy bosqichlari tahlil qilingan. Unda sovet davridan to mustaqillik yillarigacha, shuningdek, so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar bosqichma-bosqich yoritilgan. Maqolada madaniy merosni muhofaza qilishning huquqiy asoslari, davlat siyosatidagi o‘zgarishlar, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik natijalari va raqamlashtirish jarayonlarining ahamiyati tahlil etiladi. Shuningdek, milliy o‘zlikni tiklash va yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda madaniy merosning o‘rni haqida fikr yuritiladi. Tadqiqot natijasida O‘zbekistonda madaniy merosni asrab-avaylash va uni jahon miqyosida targ‘ib qilish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangani ta’kidlanadi.


10.11.2025 Volume 4 Issue 11 View more Download
MUSTAQILLIK YILLARIDA O‘ZBEKISTONDA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI ORQALI MILLIY MADANIY MEROSNI QAYTA TIKLASH

Mazkur maqolada mustaqillik yillarida O‘zbekiston ommaviy axborot vositalari orqali milliy madaniy merosni qayta tiklash jarayonlari yoritilgan. Mustaqillikdan so‘ng mamlakatda madaniy-ma’naviy yangilanish, tarixiy xotirani tiklash va milliy qadriyatlarni keng targ‘ib etish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylandi. Matbuot, radio, televideniye hamda internet nashrlari orqali Amir Temur, Alisher Navoiy, Mirzo Ulug‘bek kabi allomalar merosini o‘rganish, xalq og‘zaki ijodi, san’at, urf-odat va qadriyatlarni ommalashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borildi. Ayniqsa, raqamli texnologiyalar rivoji natijasida madaniy merosni targ‘ib etishning zamonaviy shakllari — onlayn platformalar, virtual muzeylar, elektron nashrlar keng qo‘llanilmoqda. Maqolada mustaqillik davrida ommaviy axborot vositalarining milliy o‘zlikni tiklashdagi o‘rni, asosiy bosqichlar va hujjatlar asosida tahlil etilgan.


10.11.2025 Volume 4 Issue 11 View more Download
MUSTAQILLIK YILLARIDA O’ZBEKISTONDA KITOBXONLIKNI RIOJLANTIRISH

Ushbu maqolada mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan islohotlar, dasturlar va tashabbuslar tahlil qilinadi. Shuningdek, aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishni oshirish, axborot-resurs markazlari faoliyatini takomillashtirish hamda milliy ma’naviyatni yuksaltirishda kitobxonlikning o‘rni yoritilgan. Maqolada davlat siyosatida kitobxonlikni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari va bu yo‘nalishda erishilgan yutuqlar ham o‘rganilgan.


10.11.2025 Volume 4 Issue 11 View more Download
BOSHLANG'ICH SINFLARNI O'QITISHDA TA'LIM TIZIMIGA INNOVATSION YANGILIKLAR KIRITISH MAZMUNI VA YO'NALISHLARI.

Ushbu maqola boshlang’ich sinflarni o'qitishda ta`limda innovatsion-pedagogik texnologiyalaridan foydalanishda o’quvchilarning qiziqishlarini xisobga olib, tarbiyalashga yo’naltirilgan darslar mazmuni ishlab chiqilishi va nazoratga olinishi haqida.


10.11.2025 Volume 4 Issue 11 View more Download
БОЛАЛАРДАГИ ЎТКИР МИЕЛОИД ЛЕЙКОЗ ШАКЛЛАРИНИНГ МОРФОЛОГИК-ИММУНОЛОГИК КЛАССИФИКАЦИЯСИ ВА КЛИНИК АҲАМИЯТИ

Болалар онкогематологик амалиётида ўткир миелобластли лейкоз (ЎМЛ) алоҳида аҳамият касб этадиган касалликлардан бири бўлиб, у гемопоэз тизимининг илдиз ҳужайраларидаги клонал ўзгаришлар натижасида ривожланади. ЎМЛ барча болалар лейкозларининг тахминан 15–20% ни ташкил этади ва клиник жиҳатдан тез илгарилаш, юқори рецидив частотаси ҳамда оғир гемопоэтик бузилишлар билан тавсифланади.


10.11.2025 Volume 4 Issue 11 View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor