Maqolada zamonaviy turizm rivojlanishining salbiy oqibatlaridan biri — overtü¬rizm muammosi tahlil qilinadi. Unda turistik destinatsiyalarning barqaror rivojlanishiga ta’sir etuvchi ekologik, ijtimoiy va iqtisodiy omillar o‘rganilib, overtü¬rizm oqibatlarini kamaytirish yo‘llari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, xalqaro tajribalar (Yevropa, Osiyo va O‘zbekiston misolida) tahlil qilinib, turizmni raqamlashtirish, diversifikatsiya qilish va mahalliy hamjamiyatni jalb etish orqali muvozanatli rivojlanishni ta’minlash taklif etiladi.
Bugungi kunda Oʻzbekistonda olib borilayotgan iqtisodiy isloxotlar natijasida mamlakat iqtisodiyoti qatori mintaqalar iqtisodiyoti ham oʻsib bormoqda. Bu jarayonda sugʻurta sohasi mintaqlarning rivojlanishisha taʼsir qiluvchi muhim sohalardan hisoblanadi. Ushbu maqolada sugʻurtaning ahamiyati, uning mintaqalar iqtisodiyotida tutgan oʻrni, mintaqaviy sugʻurta bozorini tartibga solish mexanizmlari koʻrib chiqiladi.
Maqolada turistik destinatsiyalarning barqaror rivojlanishida raqamli innovatsiyalar va mahalliy hamjamiyatning faol ishtiroki muhim omil sifatida tahlil qilinadi. Raqamli texnologiyalar turizmni boshqarishda samaradorlikni oshirsa, mahalliy aholining ishtiroki esa ijtimoiy barqarorlik va madaniy merosni asrashga xizmat qiladi. Tadqiqotda O‘zbekiston tajribasi asosida turizmning barqaror modelini yaratish bo‘yicha tavsiyalar keltirilgan.
Ushbu maqolada ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi iqtisodiy mexanizmlar tahlil qilingan. Ishlab chiqarish samaradorligi – bu korxonaning mavjud resurslardan eng oqilona tarzda foydalanib, yuqori natijalarga erishish qobiliyati sifatida izohlanadi. Tadqiqot davomida samaradorlikka ta’sir etuvchi asosiy omillar, jumladan mehnat unumdorligi, texnologik yangilanishlar, investitsiya salohiyati, raqobat muhiti va resurslar sifati keng ko‘lamda o‘rganilgan. Maqolada fiskal va monetar siyosat, soliq va subsidiya tizimi, shuningdek, investitsiya hamda innovatsiyalarni rivojlantirish orqali ishlab chiqarish samaradorligini oshirish yo‘llari tahlil etiladi. Shuningdek innovatsiyalarni ragʻbatlantirish, kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash, malaka oshirish, energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish va raqobatni kuchaytirish kabi yoʻnalishlarning amaliy ahamiyatiga urgʻu berilgan. Tadqiqot natijalari ishlab chiqarish jaroyinini takomillashtirish, resurslardan samarali foydalanish va milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi.
Ushbu maqolada daromadlar tengsizligi va kambag’allik o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik hamda ularni kamaytirishning samarali yo’llari tahlil qilinadi. Maqolada ijtimoiy-iqtisodiy tengsizlikning asosiy sabablari,aholi daromadlari taqsimotidagi nomutanosiblik hamda ularning iqtisoyiy o’sishga ta’siri yoritilgan.Shuningdek ,xorijiy mamlakatlar tajribasi asosida kambag’allikni qisqartirishga qaratilgan davlat siyosati tahlil qilinib,O’zbekiston sharoitida ularni qo’llash imkoniyatlari ko’rib chiqiladi.