Ushbu maqolada boshlangʻich taʼlim tizimida dars samaradorligini oshirishning dolzarb masalalari ilmiy asosda yoritilgan. Zamonaviy pedagogik yondashuvlar, interfaol metodlar hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning ahamiyati tahlil qilingan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining ta’lim sohasiga oid normativ-huquqiy hujjatlari asosida ta’lim sifatini oshirish yo‘llari ko‘rib chiqilgan. Maqolada o‘qituvchining kasbiy kompetensiyasi, innovatsion faoliyati va o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga yo‘naltirish masalalari ham yoritilgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston Respublikasining diniy ekstremizmga qarshi kurashish borasidagi tajribasi ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Maqolada diniy ekstremizm tushunchasi jamiyat xavfsizligiga tahdid soluvchi omil sifatida talqin etilib, uning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar yoritiladi. Shuningdek, diniy bag‘rikenglikni mustahkamlash, aholi, ayniqsa yoshlar ongida sog‘lom diniy dunyoqarashni shakllantirish masalalari ochib beriladi. Maqolada ekstremizmga qarshi kurashishda huquqiy, ma’naviy-ma’rifiy hamda ijtimoiy mexanizmlarning o‘rni tahlil qilinib, mamlakatning bu boradagi o‘ziga xos yondashuvi va xalqaro hamkorlik tajribasi yoritiladi.
Mazkur maqolada musobaqa davrida OKMK gandbol jamoasi markaz o‘yinchilarining o‘yinni boshqarish va hujum samaradorligini oshirish masalalari o‘rganilgan. Tadqiqot jarayonida markaz o‘yinchilarining texnik-taktik harakatlari, qaror qabul qilish tezligi, uzatma aniqligi va golli hujumlardagi ishtiroki tahlil qilindi. Pedagogik kuzatuv, video-tahlil va statistik usullar asosida musobaqaning birinchi va ikkinchi bo‘limlarida samaradorlik ko‘rsatkichlaridagi o‘zgarishlar aniqlandi. Olingan natijalarga asoslanib, musobaqa davriga mos maxsus texnik-taktik mashqlar tizimi ishlab chiqildi va uning samaradorligi tajriba orqali baholandi. Tadqiqot natijalari ishlab chiqilgan mashqlar tizimi markaz o‘yinchilarining hujumni boshqarish va umumiy o‘yin samaradorligini oshirishda samarali ekanligini ko‘rsatdi.
Ushbu maqola qon aylanish tizimining fiziologik xususiyatlarini chuqur tahlil qiladi, yurakning mexanik va bioelektrik faoliyati, tomirlarning biomekanik va endoteliy funksiyalari, mikrotsirkulyatsiya va tomir tonusining neyrogen-gumoral boshqarilishi ko‘rib chiqiladi. Zamonaviy tadqiqotlar asosida gemodinamikaning yangi talqinlari, tomirlarning adaptiv mexanizmlari va endoteliy signalizatsiyasining organizmdagi muhim roli yoritilgan. Maqola klinik va eksperimental tibbiyot uchun ilmiy ahamiyatga ega bo‘lgan yangi ilmiy yo‘nalishlar bilan boyitilgan.