Ushbu maqolada, milliy iqtisodiyot barqarorligini ta’minlashda davlatning moliyaviy resurslaridan samarali foydalanish yo’llari haqida fikr va mulohazalar yuritiladi. Milliy iqtisodiy barqarorlik farovon va xavfsiz davlatning tamal toshi hisoblanadi. Bu turli omillarga bog'liq bo'lib, eng muhimlaridan biri davlat moliyaviy resurslaridan samarali foydalanishdir. Soliqlar, davlat investitsiyalari va davlat mablag'larini o'z ichiga olgan davlat moliyaviy resurslari mamlakatning iqtisodiy manzarasini shakllantirishda hal qiluvchi rol o'ynaydi.
Ushbu maqolada O‘rta Osiyo xalqlarining o‘tmishini o‘rganish va unda ayollarning tutgan o‘rni, maqomi va albatta ma’rifati darajasini aniqlash o‘sha davrning madaniyati va ma’naviyati darajasini ham belgilashga zamin yaratadi. Shu o‘rinda, bugungi O‘rta Osiyo ayolining jahon miqyosida topayotgan shuhrati, ularning ilm sohasida, iqtisodiyot, ma’naviy-ma’rifiy sohada qilayotgan mehnatlari, yurt taraqqiyotiga qo‘shayotgan sezilarli hissalarini alohida ta’kidlab, ularning o‘tmishda ham shunday ajdodlari borligini faxr va g‘urur tuyg‘usiga aylantirish hayotiy zaruratga aylangani ayni haqiqatdir.