Ushbu maqolada sog‘liqni saqlash tizimini mustahkamlash va takomillashtirish masalalari yoritilgan. Tibbiy xizmat sifatini oshirish, moliyalashtirish tizimini yaxshilash, profilaktika choralari, hududiy tenglikni ta‘minlash, raqamlashtirish va ekologik muhitni yaxshilashga oid asosiy yo‘nalishlar tahlil qilinadi. Mazkur chora-tadbirlar sog‘liqni saqlash tizimining samaradorligini oshirish va aholining umumiy farovonligini ta‘minlashga xizmat qiladi.
Maqolada libos dizayni sohasida o‘lchovli grafik dasturlarining roli va kelajagi yoritilgan. Shuningdek, dasturlarning innovatsion texnologiyalar bilan integratsiyasi, jumladan, sun‘iy intellekt, AR/VR texnologiyalari, 3D printerlar va blokcheyn texnologiyalarining ahamiyati tahlil qilingan, o‘lchovli grafik dasturlarning ekologik omillarni hisobga olgan holda ishlab chiqarish jarayonlariga qo‘shgan hissasi ham ko‘rsatib o‘tilgan. Tahlil natijalariga ko‘ra, mazkur dasturlarning kelgusida moda industriyasini rivojlantirishga qo‘shadigan hissasi asoslab berilgan.
Ushbu maqolada boshlang’ich sinf o’quvchilarining nutqini rivojlantirish usullari va interfaol metodlar haqida ma’lumot berilgan. Bu maqolada tayanch kompetensiyalarning asosini tashkil qiluvchi kommunikativ kompetensiyani boshlang`ich sinf o`quvchilarida shaklantirish juda muhim ekanligi asosli dalillar asosida tahlil qilingan.
Avtor bul maqalasında dene tárbiyası boyınsha túrli ilimiy materiallardan paydalanǵan halda háreketli oyınlardı obrazlı etip túsindiriw - eń áhmiyetli tásirsheń ámellerdiń biri ekenligin dálillep, bul is ásirese, mazmunlı oyınlardı sóylep beriwde júdá zárúr bolıp, oyın qatnasıwshılarınıń óz wazıypaların tuwrı atqarıwına járdem beredi. Oqıwshılar oyınnıń mazmunın puxta ózlestiriwi ushın jetekshi awız eki túsindiriwdi ámelde qollanıwı menen, yaǵnıy oyınnıń ayrım háreketlerin atqarıp kórsetiw menen alıp barıwı zárúr ekenligi haqqında maǵlumatlar keltirilgen.