Mazkur maqolada Amir Temur va uning avlodlari – Shohrux Mirzo hamda Sulton Abusaid Mirzoning G‘arbiy hududlarga, xususan Ozarbayjon, Eron va Iroq tomonlaridagi yurishlari tarixiy manbalar asosida yoritilgan. Harbiy yurishlarning asosiy sabablari, yurish jarayonidagi siyosiy voqealar, hududlar o‘zgarishi, hukmdorlar o‘rtasidagi kurashlar va ularning natijalari tahlil qilingan. Temuriylarning Ozarbayjon ustidan olib borgan siyosati va harbiy strategiyasi tarixiy bosqichlar asosida bayon etilgan.
This article, based on the work of A.G. Nedvetsky, describes the reign of Emir Abdulahad, who ruled in Bukhara, and describes the social life of the state during his reign, as well as his policy with the Russian Empire. His services to Islam are also mentioned.
Onkologiya sohasida saratonni erta aniqlash muhim ahamiyatga ega, chunki erta aniqlangan holatlar davolash imkoniyatlarini sezilarli darajada oshiradi. Ushbu jarayonda bir qator usullar qo‘llaniladi, jumladan, profilaktik tekshiruvlar va skreening. Qon tahlillari va genomik testlar orqali saratonga oid biomarkerlar aniqlanadi. Ultrasonografiya, magnit-rezonans tomografiya (MRT) va kompyuter tomografiyasi (KT) kabi imaging usullari yordamida ichki organlardagi o‘zgarishlar kuzatiladi. Simptomlar, masalan, og‘riq va massalarning o‘zgarishi ham diqqatga sazovor. Oila tarixi va genetik predispozitsiya ham e’tiborga olinishi zarur. Barcha ushbu usullar oʻzaro birlashib, onkologlar va sog‘liqni saqlash mutaxassislari tomonidan samarali tasdiqlash va davolash strategiyalarini amalga oshirishga yordam beradi.
Qon organizmning eng muhim to’qimalaridan biridir. Qon, limfa va to’qimalar aro suyuqligi organizmning ichki muhitini tashkil qiladi. Organizmning barcha to’qima va hujayralari fizik-kimyoviy xossalari va tarkibi nisbatan doimiy bo’ladigan ana shu suyuqliklarning muhitidagina normal yashay oladi. Issiq qonli (gomoyoterm) hayvonlar qoni uzoq davom etgan evolyutsiya mahsulidir. Oddiy bir hujayrali hayvonlarda qon yo’q. Ular hayoti uchun zarur moddalarni hujayra po’sti orqali oladi, chiqindi keraksiz moddalarni ham ana shu yo’l orqali chiqarib tashlaydi. Zoologik silsilaning pastki bosqichlarida turadigan hayvonlarning tomirlari ichida suvsimon suyuqlik-gidrolimfa oqadi. Uning tarkibida oqsillar va boshqa azotli moddalar kam bo’ladi. Bir muncha yuqoriroq taraqqiy etgan hayvonlarda gemolimfa paydo bo’ladi.