BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARIGA ONA TILI FANINI O'QITISHDA DIDAKTIK O'YINLAR - TURLI O'YINLAR ORQALI BOLALARNING SO'Z BOYLIGINI OSHIRISH, TO'G'RI TALAFFUZNI SHAKLLANTIRISH

Ushbu maqolada boshlang'ich sinflarda ona tili fanini o'qitishda didaktik o'yinlarning ahamiyati, ularni tashkil etish va o'tkazish metodikasini yoritib beradi. Metodik tavsiyada didaktik o'yinlarning o'quvchilar rivojlanishidagi o'rni, ularning psixologik jihatlariga e'tibor qaratilgan. Shuningdek, didaktik o'yinlarni samarali tashkil etishda o'qituvchining roli va zamonaviy texnik vositalarning ahamiyati ochib berilgan. Unda o'quvchilarning yosh xususiyatlari, qiziqishlari va ehtiyojlariga mos keladigan didaktik o'yinlar tavsiya etilgan bo'lib, ular o'quvchilarning intellektual, emotsional va ijtimoiy rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko'rsatishi asoslab berilgan.


28.02.2025 Volume Issue View more Download
MUHANDISLIK GRAFIKASI FANINI O'QITISHDA ZAMONAVIY METODIKALARNI QO'LLASH VA YETUK MUHANDISLARNI TAYYORLASH

Bugungi kunda muhandislik grafikasi fani zamonaviy texnologiyalar va innovatsion o‘qitish usullari bilan boyitilib, talabalar uchun yanada samarali ta’lim muhitini yaratishga yo‘naltirilgan. Ushbu maqolada muhandislik grafikasi fanini o‘qitishda qo‘llanilayotgan ilg‘or pedagogik metodikalar, kompyuter texnologiyalarining o‘rni, 3D modellashtirish, raqamli dizayn vositalaridan foydalanish imkoniyatlari va muhandislik ta’limining amaliy ahamiyati yoritiladi. Shuningdek, virtual va kengaytirilgan reallik texnologiyalarining grafik fanlarni o‘qitishdagi o‘rni ham tahlil qilinadi.


28.02.2025 Volume Issue View more Download
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING NUTQINI O‘STIRISHDA MAQOL VA MATALLARNING O‘RNI

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining og‘zaki va yozma nutqini rivojlantirishda o‘zbek xalq maqol va matallarining ahamiyati tahlil qilingan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, maqol va matallar faqatgina bolalarga axloqiy tarbiya beribgina qolmay, ularning lug‘at boyligini oshirish, fikrlash qobiliyatini o‘stirish va nutq madaniyatini shakllantirish vositasi sifatida ham muhim rol o‘ynashi aniqlangan. Maqolada boshlang‘ich ta’lim jarayonida o‘quvchilarni xalq og‘zaki ijodi namunalari bilan tanishtirish va ularni nutq faoliyatida qo‘llash orqali samarali natijalarga erishish yo‘llari ko‘rsatilgan. Shuningdek, o‘qituvchilar uchun dars jarayonida maqol va matallardan foydalanishning innovatsion usullari va metodlari taklif etilgan. Tadqiqot natijalarining amaliy qiymati shundaki, ular zamonaviy boshlang‘ich ta’lim tizimida o‘quvchilarning nutq kompetensiyasini rivojlantirish uchun samarali vosita bo‘lib xizmat qilishi mumkin.


28.02.2025 Volume Issue View more Download
LM KONSEPTLI QATNASHGAN PAREMIOLOGIK BIRLIKLARNING CHOG‘ISHTIRMA TAHLILI

Bu maqolada ingliz va o‘zbek tillaridagi ilm konsepti qatnashgan paremiologik birliklar, uning o‘rganilish tarixi, uning xususiyatlari haqida ma’lumotlar mavjud.


27.02.2025 Volume Issue View more Download
ENGLISH SKILLS: THE KEY TO GLOBAL COMMUNICATION AND SUCCESS

In today's interconnected world, English has become the dominant language of global communication, education, business, and technology. Proficiency in English provides individuals with broader career opportunities, enhances cross-cultural understanding, and facilitates access to vast educational resources. Mastering English skills-reading, writing, speaking, and listening-enables effective communication in international settings, fostering professional growth and personal development. As globalization continues to expand, English remains an essential tool for success in various fields, making it a key factor in achieving academic and professional excellence.


27.02.2025 Volume Issue View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor