Ushbu maqolada XVIII–XIX asrlarda Xiva xonligi va Rossiya imperiyasi o‘rtasidagi siyosiy, diplomatik va harbiy munosabatlar tarixiy manbalar asosida tahlil qilinadi. Dastlab savdo va elchilik aloqalari shaklida boshlangan munosabatlar, vaqt o‘tishi bilan Rossiya imperiyasining bosqinchilik siyosati ta’sirida keskin tus olgan. 1873-yilgi harbiy yurish va uning oqibatida Xiva xonligining yarim mustamlakaga aylanishi ikki davlat o‘rtasidagi asimmetrik munosabatlarning yakuniy bosqichi sifatida ko‘rsatiladi. Mazkur tarixiy jarayonlar O‘rta Osiyodagi geosiyosiy o‘zgarishlarni anglashda muhim ilmiy ahamiyatga ega.
Ushbu maqolada XVI–XIX asrlarda Oʻrta Osiyo xonliklari — Buxoro, Xiva va Qo‘qon hamda Eron (Safaviylar, Afshoriylar va Qajarlar sulolalari) o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar tarixiy manbalar asosida tahlil qilinadi. Mazkur aloqalarning shakllanishi, rivojlanishi va muayyan siyosiy voqealar ta’sirida o‘zgarishi o‘rganiladi. Shuningdek, diniy, iqtisodiy va harbiy omillarning diplomatik jarayonlarga ta’siri yoritiladi. Maqola orqali mintaqaviy geosiyosiy muvozanatda bu aloqalarning tutgan o‘rni ochib beriladi.
Ushbu maqolada xavfsizlik tizimlarining boshdan kechirgan evolyutsion jarayoni keng ko'rib chiqiladi. Elektron qulf va raqamli tehnologiyalar dastlabki qadamlar sifatida ko'rsatiladi, so'ngra biometrik nazorat va masofaviy monitoring kabi zamonaviy texnologiyalar taqdim etiladi.
Adabiyotshunoslik, badiiy asarlarni o‘rganadi, adabiy jarayonlarni o‘rganadi, tahlil qiladi va shuningdek, tarixiy rivojlanishini nazariy tahlil qiladi. Kutubxonashunoslik fani esa, axborot yig‘adi. Kutubxonashunoslik fani saqlash, tarqatish va tizimli yondashuvni ta’minlashga qaratilgan. Bu ikki soha o‘rtasidagi o‘zaro aloqaning eng muhim jihati, bir tomondan, adabiyotning kutubxonalarda jamlanishi kutubxonashunoslarning adabiy merosni tizimlashtirishdagi asosiy funksiyasi hisoblanadi.