Ushbu maqolada banklarning xalqaro hisob-kitob operatsiyalarini takomillashtirish masalalari chuqur tahlil etilgan bo‘lib, ayniqsa “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB misolida amaliy jarayonlar yoritilgan. Xalqaro hisob-kitoblar tizimining asosiy shakllari — SWIFT tizimi orqali o‘tkazmalar, akkreditivlar, inkasso, valyuta konversiyasi va korrespondent banklar bilan hisob-kitoblar bank faoliyatining global integratsiyadagi asosiy tarkibiy qismlari sifatida ko‘rib chiqiladi. Maqolada xalqaro hisob-kitoblarning samaradorligini oshirish, raqamli texnologiyalarni joriy etish, to‘lovlar tezligini oshirish, komplayens talablariga muvofiqlikni kuchaytirish va mijozlar uchun qulay interfeyslar yaratish bo‘yicha takliflar berilgan. Tadqiqot natijalari Oʻzbekiston bank tizimidagi raqamli islohotlar kontekstida “Oʻzsanoatqurilishbank” tajribasi asosida amaliy qiymatga ega bo‘lgan xulosalar shaklida bayon etilgan.
Ushbu maqola islomgacha bo'lgan davrda turkiy xalqlar orasida shakllangan adabiy an'analar, ularning asosiy xususiyatlari, janrlari va namunalari haqida ma'lumot beradi. Bu davr adabiyoti asosan og'zaki ijod shaklida rivojlangan bo'lib, qo'shiqlar, afsonalar, rivoyatlar, dostonlar va marosim qo'shiqlaridan iborat. Mazkur maqola qadimgi turkiy yodgorliklar, ularning madaniy va tarixiy ahamiyatini yoritishga qaratilgan.
Mamlakatimizda bank tizimini modernizatsiyalash va inson resurslarini samarali boshqarish masalasi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu jarayonda xodimlarning ish faoliyatini mezon asosida baholash tizimi – KPI (Kalit Ko‘rsatkichlar Tizimi) bank menejmentida muhim vosita sifatida namoyon bo‘lmoqda. Mazkur ilmiy maqolada KPI tizimining nazariy asoslari, uning tijorat banklaridagi o‘rni hamda u orqali xodimlarning ish samaradorligini oshirish mexanizmlari chuqur tahlil qilinadi. Tadqiqot ob’ekti sifatida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki ("O‘zmilliybank" AJ) tanlangan bo‘lib, bankda joriy etilgan KPI tizimining amaliy jihatlari o‘rganilgan. Xususan, KPI ko‘rsatkichlari qanday belgilanayotgani, baholash mezonlari, xodimlar motivatsiyasi va rag‘batlantirish tizimi bilan bog‘liqligi tahlil qilingan. Mavjud kamchiliklar aniqlanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqilgan. Maqolada shuningdek, xorijiy banklarning ilg‘or KPI amaliyotlari (HSBC, DBS, ING va boshqalar) tahlil qilinib, ularning foydali jihatlari "O‘zmilliybank" misolida tatbiq etish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. KPI tizimini raqamlashtirish, real vaqt rejimida monitoring qilish, nomoliyaviy ko‘rsatkichlarni kuchaytirish, sun’iy intellekt asosida tahlil qilish kabi takliflar ilgari surilgan.
This article delves into the transformative impact of embedded finance on the financial services industry in 2025. It explores how the integration of financial services into non-financial platforms is reshaping consumer experiences, business models, and the broader economic landscape. Drawing on recent data, case studies, and expert analyses, the piece examines the drivers of growth, challenges, and future prospects of embedded finance.
Ushbu maqolada Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining Vatan uchun olib borgan kurashlari, ular keltirgan g‘alaba sabab hozirgi tinch-osoyishta hayotga erishganligimiz va mustaqillik yillaridan hozirgacha nafaqat faxrli urush ishtirokchilari, balki, ilm-fan sohasidagi ziyolilar shaxsiyatlarini abadiylashtirish va chuqur izlanishlar olib borishdagi islohotlar haqida yoritildi. Ta’lim orqali yoshlar ongida buyuk tarixni haqiqiy jonlantirish va taraqqiyot sari ilg‘or qadamlar tashlab, ajdodlarimiz ko‘zlagan maqsadga biz erishishimiz-vazifamiz ekanligi yana bir bor ta’kidlab o‘tildi.