YENGIL AVTOMOBILLARNING SONINI ORTIB BORISHI (GLOBAL MUAMMOLAR)

Ushbu maqolada yengil avtomobillarning sonining ortishi global muammo sifatida tahlil qilinadi. Avtomobillar ko’plab ekologik, ijtimoiy va iqtisodiy muammolarni keltirib chiqaradi, jumladan havo ifloslanishi, trafik tirbandliklari va sog‘liq muammolari. Maqolada ushbu muammolarni hal qilish uchun taklif etilgan yechimlar, jumladan ekologik avtomobillarni rivojlantirish, jamoat transportini yaxshilash va sogʻlom transport turlarini ragʻbatlantirish haqida ma'lumot beriladi. Ushbu tadqiqotning maqsadi, avtomobillar sonining ortishining salbiy ta'sirlarini kamaytirish uchun kompleks yondashuv zarurligini ta'kidlashdir.


14.05.2025 Volume Issue View more Download
ABDULLA ORIPOV SHE’RIYATIDA TRANSPOZITSIYA HODISASINING QOʻLLANILISHI

Ushbu maqolada oʻzbek tilidagi soʻz turkumlarining oʻzaro koʻchishi, sabablari hamda turlari va uning she’riy matnda qoʻllanilish xususiyatlari Abdulla Oripov she’riyati misolida tahlil qilingan.


14.05.2025 Volume Issue View more Download
TARMOQLARARO EKRANLAR ORQALI KIRUVCHI VA CHIQUVCHI TRAFIKNI BOSHQARISH: ZAMONAVIY YONDASHUVLAR VA AMALIY YECHIMLAR

Mazkur maqolada tarmoqlararo ekranlar (firewall) orqali tarmoq xavfsizligini ta'minlash, kiruvchi va chiquvchi trafikni nazorat qilish masalalari chuqur tahlil qilinadi. Zamonaviy yondashuvlar, jumladan, davlat asosida va kontekstga yo‘naltirilgan filtrlash, Deep Packet Inspection (DPI), Next-Generation Firewall (NGFW) texnologiyalarining afzalliklari va qo‘llanilishi yoritiladi. Shuningdek, amaliy yechimlar sifatida kiruvchi va chiquvchi trafikni tahlil qilish, siyosatlarni ishlab chiqish va real holatlarda firewall sozlamalari misollar bilan ko‘rsatiladi.


14.05.2025 Volume Issue View more Download
QISQA MASOFAGA YUGURUVCHI SPORTCHILARNING MORFOLOGIK XUSUSIYATLARI

Ushbu maqolada O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabalari qisqa masofaga yuguruvchilarning texnikasi va taktikasini rivojlantirish morfologiyasi xaqida fikr yuritilgan.


14.05.2025 Volume Issue View more Download
SOLIQ MA'MURIYATCHILIGINI TAKOMILLASHTIRISHNING ZARURATI VA ASOSIY YOʻNALISHLARI

Ushbu maqolada soliq ma'muriyatchiligini takomillashtirishning zarurati va asosiy yoʻnalishlari muhokama qilinadi. Soliq ma'muriyatchiligi davlat moliyaviy barqarorligini ta’minlashda va soliqlarni toʻgʻri hisoblash va undirishda muhim rol oʻynaydi. Tadqiqotda soliq ma'muriyatchiligini takomillashtirishning ilmiy-nazariy asoslari, xalqaro tajribalar va Oʻzbekiston Respublikasi misolida mavjud muammolar koʻrib chiqildi. Maqolada soliq toʻlovchilar va soliq organlari oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarni soddalashtirish, raqamlashtirishni kuchaytirish, soliq nazorati va xabardorlikni oshirish, shuningdek, soliq toʻlovchilar huquqlarini himoya qilish choralari tahlil qilinadi. Soliq ma'muriyatchiligini zamonaviylashtirish orqali iqtisodiy samaradorlikni oshirish va soliq tushumlarini barqarorlashtirish mumkinligi asoslab berilgan.


14.05.2025 Volume Issue View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor