SUN'IY INTELLEKTDAN FOYDALANGAN HOLDA FIZIKADAN MASALALARNI YECHISH

Ushbu tadqiqot ishi fizika sohasidagi masalalarni yechishda sun'iy intellekt texnologiyalarining qo‘llanilishi va ularning samaradorligini chuqur tahlil qiladi. Zamonaviy ta’lim tizimida sun’iy intellektning roli tobora muhim ahamiyat kasb etib, o‘quv jarayonini interaktiv va shaxsiylashtirilgan tarzda tashkil etishga xizmat qilmoqda. Maqolada mashinali o‘qitish algoritmlari, chuqur o‘rganish (deep learning), neyron tarmoqlar va ekspert tizimlari kabi sun’iy intellekt yondashuvlarining fizika masalalarini avtomatik tarzda tahlil qilish, yechim topish va talabalarga tushunarli shaklda izohlab berishdagi imkoniyatlari keng yoritilgan.


24.04.2025 Volume Issue View more Download
TEMIR TANQISLIGI ANEMIYASINI DAVOLASHDA KLINIK-FARMAKOLOGIK YONDASHUV

Temir tanqisligi anemiyasi - bu temir tanqisligi tufayli gemoglobin sintezning buzilishi, eritropoezda susayish va to‘qimalarda trofik o‘zgarishlar natijasida kelib chiqadigan kliniko-gematologik kasallik. Temir tanqisligi anemiyasi dunyodagi eng keng tarqalgan kasalliklardan biri bo'lib, TTAning ijtimoiy-iqtisodiy omillar bilan bevosita bog'liqligi muammoning ko'lamini "epidemik sog'liqni saqlash inqirozi" sifatida baholash imkonini beradi. Homilador ayollarning 90% dan ortig‘i temir tanqisligi anemiyasidan aziyat chekadilar.


24.04.2025 Volume Issue View more Download
YANGI MILLIY UYG’ONISH DAVRI VA UYG’ONISH ADABIYOTINING BUYUK VAKILI ABDURAUF FITRATNING “MUNOZARA” ASARIDA MA’RIFATPARVARLIK G’OYALARI TALQINI

Ushbu maqolada buyuk ma’rifatparvar, jadidchilik harakatining mashhur vakillaridan biri Abdurauf Fitratning “Munozara’’(Hindistonda bir farangi ila buxoroli bir mudarrisning jadid maktablari xususida qilg’on munozasi) asarida ilgari surilgan ma’rifatparvarlik g’oyalari, “usuli Qadim” va “ usuli jadid” maktabining bir biridan farqi, yangi jadid maktabining afzalliklari, Buxoro amirligining siyosiy-iqtisodiy manzarasi, aholining ijtimoiy turmush tarzi, ta’limi- tarbiyaviy ahvoli xususida so’z boradi. Zero bu ulug’ adiblar ijodining mohiyati jamiyat va millatni yuksaltirishga xizmat qilgan. Abdulla Avloniy, Mahbudxo’ja Behbudiy, Abdulla Qodiriy, Abdulhamid Cho’lpon, Usmon Nosir kabi fidoiy adiblar qatorida, ehtimol, ularning oldingi safida Abdurauf Fitrat ham o’z elining aqli va qalb ko’ziga aylangan.


24.04.2025 Volume Issue View more Download
FOLKLOR ATAMASI HÁM FOLKLOR TERMININIŃ PÁNGE KIRITILIW TARIYXÍ

Bul maqalada folkor sóziniń qollanılıwı hám folklore termininiń pánge kiritiliwi, folklore atamasınıń tariyxı hámde onı ilimge alıp kirgen birinshi alım arxeologi haqqında sóz etiledi.


24.04.2025 Volume Issue View more Download
QISQA MASOFAGA YUGURUVChILARNING TEXNIKASINI RIVOJLANTIRISH

Ushbu maqolada O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabalari qisqa masofaga yuguruvchilarning texnikasi va taktikasini rivojlantirish xaqida labaratoriya sharoitida olingan natijalar olingan.


24.04.2025 Volume Issue View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor