Ushbu maqolada “Uz CLAAS Agro” MChJ faoliyati misolida aylanma mablag‘larni boshqarish jarayoni tahlil qilinadi va ularning samaradorligini oshirish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqiladi. Aylanma mablag‘lar korxonaning qisqa muddatli moliyaviy holatini belgilovchi muhim resurs bo‘lib, ularni oqilona boshqarish ishlab chiqarish barqarorligi, likvidlik va foyda ko‘rsatkichlariga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Maqolada korxonaning 2022–2024 yillardagi moliyaviy ko‘rsatkichlari asosida tahlil o‘tkazilib, debitor qarzdorlikni, ombor zaxiralarini optimallashtirish hamda raqamli boshqaruv tizimlarini joriy etish orqali aylanma mablag‘lar aylanishini tezlashtirish yo‘llari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari asosida korxonaga moliyaviy barqarorlikni ta’minlash va resurslardan samarali foydalanishga qaratilgan konkret takliflar berilgan.
Ushbu maqolada o‘quvchilarda yozma nutq ko‘nikmalarini shakllantirish metodikasi va samarali usullari ko‘rib chiqilgan. Yozma nutq o‘quvchilarning fikrlarini yozma shaklda aniq va ravon ifodalash imkoniyatini yaratadi. Maqolada yozma nutqni rivojlantirishning zamonaviy pedagogik yondashuvlari, metodologik asoslari va o‘quv jarayonida qo‘llaniladigan usullar tahlil qilingan. Shuningdek, yozma nutq ko‘nikmasini baholash mezonlari va o‘quvchilarning yozma ishlari sifatini yaxshilash yo‘llari haqida ilmiy ma’lumotlar berilgan. Tadqiqotda ikki xil jadval yordamida o‘quvchilarning yozma nutq darajasi o‘rganilib, samarali metodlarning ta’siri ko‘rsatildi. Tadqiqot natijalari pedagoglarga amaliy tavsiyalar berishga qaratilgan.
Ushbu maqolada ta’lim tizimi jarayonidagi STEAM texnologiyasi dasturi haqida ma’lumotlar yoritilgan. Bundan tashqari, boshlang’ich sinflarda STEAM yondashuvi asosida integratsiyalashgan ta’limning afzalliklari va erishiladigan yutuqlari haqida mulohazalar yuritilgan. Shuningdek, zamonaviy ta’limda STEAM yondashuvi orqali o’quvchilarning amaliy bilim va ko’nikmalarini rivojlantirish, ta’limni hayot bilan bog’lash imkoniyatlari ochib beriladi.
Diabetik nefropatiya (DN) —Qandli diabet kasalligiga xos bo‘lgan og‘ir asoratlardan biri bo‘lib, so’ngi bosqichdagi buyrak yetishmovchiligi (SBBY)ning asosiy sababidir. Garchi mikro- va makroalbuminuriya DNni aniqlashda "oltin standart" bo‘lib kelgan bo‘lsa-da, yangi ma’lumotlarga ko‘ra, buyrak shikastlanishi siydikdagi albumin miqdori ortishidan ancha oldin boshlanadi. An’anaviy ravishda DNning oldini olish bo‘yicha klinik tavsiyalar qonda glyukoza miqdori, qon bosimi va lipid darajasini nazorat qilishga qaratilgan. Surunkali buyrak yetishmovchiligi (SBY)dagi dislipidemiya, asosan, triglitseridlarning ko‘payishi, yuqori zichlikdagi lipoprotein (YZLP) kamayishi va past zichlikdagi lipoprotein (PZLP) o‘zgaruvchan darajalari bilan tavsiflanadi. Bundan tashqari, juda past zichlikdagi lipoproteinlar (JPZLP) almashinuvi buzilgan bo‘ladi. SBY rivojlanishi va uning davosi lipid almashinuviga ham ta’sir ko‘rsatadi va dislipidemiya holatini yanada og‘irlashtiradi. Ushbu patofiziologik mexanizmlarni chuqur tushunish — DN va SBYga chalingan bemorlar uchun lipidlar miqdorini optimal boshqarish va natijalarni yaxshilashda muhim ahamiyatga ega.
Ushbu maqola talabalarning fizika fanidan kompetentligini oshirishda interfaol usullardan foydalanish imkoniyatlarini o‘rganadi. Interfaol usullar, xususan, simulyatsiya dasturlari, loyiha asosidagi ta’lim va raqamli texnologiyalar fizika o‘qitishda samaradorlikni oshirish va talabalarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Maqolada ushbu usullarning afzalliklari, ularni qo‘llash usullari va kelajakdagi istiqbollari tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari interfaol usullarning talabalarning qiziqishini oshirish va bilimlarini chuqurlashtirishda muhim rol o‘ynashini ko‘rsatadi.