BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING JISMONIY TAYYORGARLIGINI XARAKATI O‘YINLAR ORQALI TAKOMILLASHTIRISH

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining jismoniy tayyorgarligini harakatli o‘yinlar orqali takomillashtirishning ahamiyati ko‘rib chiqiladi. Jismoniy tarbiya bolalarning jismoniy, ruhiy va ijtimoiy rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi. Maqolada harakatli o‘yinlar, ularning turlari va foydalari haqida so‘z yuritilib, bolalarning jismoniy tayyorgarligini oshirishda qanday qilib samarali foydalanish mumkinligi haqida tavsiyalar beriladi. O‘yinlar orqali bolalar mushaklarni rivojlantirish, muvozanatni saqlash, hamkorlik qilish va stressni kamaytirish kabi ko‘nikmalarni o‘zlashtiradilar. Ushbu tadqiqot natijalari o‘qituvchilar va ota-onalar uchun jismoniy faoliyatni rag‘batlantirishda muhim yo‘riqnoma bo‘lishi mumkin.


22.05.2025 Volume Issue View more Download
BUXORO AMIRLIGIDA XATTOTLIK SAN’ATI VA XATTOTLIK MAKTABI NAMOYANDALARI

Mazkur maqolada Buxoro amirligida Xattotlik san’ati va Xattotlik maktabi namoyandalari haqida ma’lumotlar keltirilgan va manbalar asosida tahlil etilgan.


22.05.2025 Volume Issue View more Download
O‘QUVCHI YOSHLARDA IQTISODIY TARBIYANI SHAKLLANTIRISHDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING O‘RNI

Ushbu maqolada o‘quvchi yoshlarda iqtisodiy tarbiyani shakllantirishning ahamiyati hamda bu jarayonda pedagogik texnologiyalarning tutgan o‘rni yoritilgan. Shuningdek, iqtisodiy bilimlarni samarali o‘rgatishda interfaol usullar va amaliy mashg‘ulotlarning afzalliklari ko‘rsatib o‘tilgan. Mazkur maqolada umumta’lim maktablarida o‘quvchilarga iqtisodiy tarbiya berishda interfaol metodlar va amaliy mashg‘ulotlarning roli hamda ularning samaradorligini oshirish yo‘llari yoritilgan. Shuningdek, dars jarayoniga innovatsion yondashuvlar kiritish orqali o‘quvchilarning iqtisodiy tafakkurini rivojlantirish muhimligi asoslab berilgan.


22.05.2025 Volume Issue View more Download
THE RELEVANCE OF SPIRITUAL, MORAL AND CULTURAL DEVELOPMENT OF YOUTH AS A SIGNIFICANT TASK OF THE SOCIAL AND PEDAGOGICAL SPHERE

Maqolada madaniy globallashuv sharoitida ta‘limning o‘rni va roli hamda uning salohiyatini ro‘yobga chiqarish muammolari muhokama qilinadi. Shaxsning estetik madaniyatini rivojlantirishning funktsional imkoniyatlari va istiqbollari, shu jumladan turli xalqlar madaniyatlarining o‘zaro ta’siri jarayonida aniqlanadi. Yoshlarning badiiy madaniyatini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.


22.05.2025 Volume Issue View more Download
O‘ZBEKISTONDA NODAVLAT NOTIJORAT TASHKILOTLARI FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISHDA AYRIM QONUNCHILIK HUJJATLARINI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI

Mazkur maqolada O‘zbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlari (NNT) faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlarining holati va ularni takomillashtirish zarurati tahlil qilingan. NNTlar faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy bazaning ko‘pligi, tarqoqligi va o‘zaro nomuvofiqligi ularning samarali faoliyat yuritishiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganini asoslab berilgan. Shuningdek, NNTlarning tashkiliy-huquqiy shakllarini aniq belgilashdagi muammolar, yuridik terminlarning chalkashligi, ayrim shakllarning qonunchilikda noto‘g‘ri tasniflanishi kabi muhim masalalarga e’tibor qaratilgan. Tadqiqot ishida xalqaro huquq tajribalariga asoslangan holda NNTlar faoliyatini tartibga soluvchi yagona kodeks ishlab chiqish, “NNT to‘g‘risida”gi qonunga yangi modda va ta’riflar kiritish, shuningdek “NNT” atamasini “jamoat tashkilotlari” bilan almashtirish kabi takliflarni ilgari surilgan. Maqola NNTlar faoliyatini huquqiy jihatdan tartibga solish mexanizmlarini takomillashtirishga oid dolzarb ilmiy-amaliy masalalarni yoritadi.


22.05.2025 Volume Issue View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor