BASKETBOL O‘YININING RIVOJLANISH TARIXI

Ushbu maqolada basketbol oyining poyda bolishi haqqida so`z boradi Neysmit o‘yinda ishtirokchilar sonini qat’iy cheklab qo‘ymagan. Uning ta’riflashicha, o‘yinda uch o‘yinchidan boshlab 40 o‘yinchigacha qatnashishiga ruxsat berilgan. Futbol o‘yinidan nusxa ko‘chirib, o‘yinchilarni uch hujumchiga uch himoyachiga ajratib qo‘yilgan edi. Ularga faqat o‘z "hududlarida" o‘ynashga ruxsat berilgan edi.1892-yil 11-martda, ana shu qoidalar asosida birinchi marta tomoshabinlar oldida o‘yin o‘tkazilib, uni tomosha qilish uchun 200 kishi to‘plandi. Talabalar o‘z o‘qituvchilari bilan o‘ynaydi. va 5:1 hisobida g‘olib bo‘ldi. Shundan keyin o‘yin keng ko‘lamda rivojlanib ketdi va 1892-yilning o‘zida Meksikada ham basketbol o‘yinlari boshlandi. Oradan biroz vaqt o‘tgach, Lyu Allan Xartford shahrida noqulay savatchalarni - shaftoli terishga mo‘ljallangan bu savatchalarni (4-rasm) simdan to‘qilgan silindr shaklidagi og‘ir savatchalar bilan almashtirdi.


26.12.2025 Volume Issue View more Download
MATEMATIKA DARSLARIDA SINGAPUR TA’LIM TIZIMIDAN FOYDALANISHNING SAMARADORLIGI

Mazkur maqolada matematika darslarini tashkil etishda Singapur ta’lim tizimining o‘rni va ahamiyati, uning metodik asoslari, interaktiv yondashuvlari hamda o‘quvchilarning matematik savodxonligini rivojlantirishdagi samaradorligi tahlil qilinadi. Shuningdek, Singapur matematika metodikasini O‘zbekiston ta’lim tizimiga moslashtirish imkoniyatlari, amaliy tajribalar va kutilayotgan natijalar yoritiladi.


26.12.2025 Volume Issue View more Download
MAJBURIY KELTIRISH INSTITUTINING QO’LLANILISHIDAGI MUAMMOLAR

Ushbu maqolada majburiy keltirish institutining nazariy va huquqiy asoslari, O‘zbekiston amaliyotida qo‘llanilishi hamda amaliy muammolar tahlil qilinadi. Tadqiqotda jabrlanuvchi, guvoh va gumonlanuvchilarning protsessual majburiy keltirish tartibi, sud amaliyotidagi qiyinchiliklar, shaxsiy huquqlar va erkinlik bilan muvozanat masalalari yoritiladi. Shuningdek, institutni takomillashtirish va insoniy yondashuvni oshirish bo‘yicha tavsiyalar berilgan. Maqola jinoyat-protsessual faoliyatni samarali tashkil etish va sud-huquq tizimini takomillashtirishga ilmiy-amaliy hissa qo‘shadi.


26.12.2025 Volume Issue View more Download
NOGIRONLIGI BO'LGAN SHAXSLARNI QO'LLAB-QUVVATLASH BO'YICHA YANGI TIZIMNI YARATISH HAMDA ULAR UCHUN QULAY VA MAQBUL MUHITNI YARATISH

Ushbu maqolada nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash va ular uchun qulay muhit yaratish masalasi keng yoritilgan. O‘zbekistonda nogironlarning huquqlarini himoya qilish, ularni bandlik, ta’lim, sog‘liqni saqlash va raqamli xizmatlarga jalb etish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, qabul qilingan farmon va qarorlar tahlil qilingan. Xususan, PF-5270-sonli Farmon va PQ-57-sonli Qaror asosida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, shuningdek, O‘zbekistonning “Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konventsiya”ni ratifikatsiya qilgani alohida ta’kidlangan. Maqolada shuningdek, nogiron shaxslarning mehnat bozoridagi ishtiroki, ish haqi darajasi, ijtimoiy nafaqalardagi o‘zgarishlar va xalqaro tajriba (Buyuk Britaniya, Shvetsiya, Kanada kabi davlatlar bilan solishtirish) haqida ma’lumotlar keltirilgan. O‘zbekistonning zamonaviy tizimlar orqali nogironlarga xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish bo‘yicha strategik vazifalari ham aks ettirilgan.


26.12.2025 Volume Issue View more Download
YASHIL ENERGETIKA: ISTIQBOLLARI VA AHAMIYATI

Ushbu maqola yashil energetika sohasini o‘rganishga bag‘ishlangan bo‘lib, uning mohiyati, asosiy yo‘nalishlari va O‘zbekistonda rivojlanish istiqbollarini tahlil qiladi. Maqolada qayta tiklanuvchi energiya manbalari — quyosh, shamol, gidro, bio va geotermal energiya turlari, shuningdek, ularni joriy etishdagi zamonaviy texnologiyalar ko‘rib chiqiladi. Maqola doirasida O‘zbekiston Respublikasining yashil energetika siyosati, energetik strategiyalari, yirik loyihalar va xalqaro hamkorlik tajribalari tahlil qilinadi. Shuningdek, sohada duch kelinadigan texnik, iqtisodiy va kadrlar bilan bog‘liq muammolar hamda istiqbollar ko‘rsatib o‘tiladi.


26.12.2025 Volume Issue View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor