UYQU SIFATI VA YOSHLARNING RUHIY HOLATIGA TASIRI

“Uyqu sifati va yoshlarning ruhiy holatiga ta'siri” nomli ushbu maqola yosh avlodning salomatligida uyquning muhim rolini tahlil qiladi. Zamonaviy dunyoda yoshlar duch kelayotgan uyqu buzilishlari, ularning psixologik holatiga, akademik ko'rsatkichlariga va ijtimoiy munosabatlariga qanday salbiy ta'sir ko'rsatishi atroflicha o'rganiladi. Maqola yetarli va sifatli uyquning depressiya, xavotir va stressni kamaytirishdagi ahamiyatini yoritib, yoshlarning ruhiy farovonligini oshirish bo'yicha.


28.05.2025 Volume Issue View more Download
GLOBALLASHUV JARAYONIDA MAKTAB O‘QUVCHILARINI TARBIYALASHNING INNOVATSION MEXANIZMLARI

Ushbu maqolada globallashuv jarayonining maktab ta’lim tizimiga ta’siri hamda o‘quvchilarni tarbiyalashda innovatsion yondashuvlarning ahamiyati tahlil qilinadi.


28.05.2025 Volume Issue View more Download
SUN’IY INTELLEKT ASOSIDA ISHLOVCHI IDS/IPS ALGORITMLARINING TARMOQ TAHDIDLARINI ANIQLASHDAGI SAMARADORLIGINI BAHOLASH

Ushbu maqolada sun’iy intellekt (SI) asosida ishlovchi tarmoq xavfsizligi tizimlari – Intrusion Detection System (IDS) va Intrusion Prevention System (IPS) algoritmlarining tarmoq tahdidlarini aniqlashdagi samaradorligi ko‘rib chiqiladi. IDS/IPS tizimlarining an’anaviy metodlardan farqli jihatlari, sun’iy neyron tarmoqlar, mashinaviy o‘rganish (ML), chuqur o‘rganish (DL) va tabiiy tilni qayta ishlash (NLP) kabi SI uslublarini qo‘llash orqali tahdidlarni aniqlash aniqligi va tezligi tahlil qilinadi. Shuningdek, real vaqt rejimida ishlovchi zamonaviy SI-IDS/IPS tizimlarining afzalliklari va cheklovlari tahlil qilinadi.


28.05.2025 Volume Issue View more Download
DIABETIK NEFROPATIYA VA SURUNKALI BUYRAK YETISHMOVCHILIGIDA DISLIPIDEMIYANING PATOFIZIOLOGIK MEXANIZMLARI

Diabetik nefropatiya (DN) —Qandli diabet kasalligiga xos bo‘lgan og‘ir asoratlardan biri bo‘lib, so’ngi bosqichdagi buyrak yetishmovchiligi (SBBY)ning asosiy sababidir. Garchi mikro- va makroalbuminuriya DNni aniqlashda "oltin standart" bo‘lib kelgan bo‘lsa-da, yangi ma’lumotlarga ko‘ra, buyrak shikastlanishi siydikdagi albumin miqdori ortishidan ancha oldin boshlanadi. An’anaviy ravishda DNning oldini olish bo‘yicha klinik tavsiyalar qonda glyukoza miqdori, qon bosimi va lipid darajasini nazorat qilishga qaratilgan. Surunkali buyrak yetishmovchiligi (SBY)dagi dislipidemiya, asosan, triglitseridlarning ko‘payishi, yuqori zichlikdagi lipoprotein (YZLP) kamayishi va past zichlikdagi lipoprotein (PZLP) o‘zgaruvchan darajalari bilan tavsiflanadi. Bundan tashqari, juda past zichlikdagi lipoproteinlar (JPZLP) almashinuvi buzilgan bo‘ladi. SBY rivojlanishi va uning davosi lipid almashinuviga ham ta’sir ko‘rsatadi va dislipidemiya holatini yanada og‘irlashtiradi. Ushbu patofiziologik mexanizmlarni chuqur tushunish — DN va SBYga chalingan bemorlar uchun lipidlar miqdorini optimal boshqarish va natijalarni yaxshilashda muhim ahamiyatga ega.


28.05.2025 Volume Issue View more Download
SPORT TURLARI ORQALI KURSANTLARDA VATAN TUYG‘USINI SHAKLLANTIRISH VA MUSTAHKAMLASHNING RO‘LI

Bugungi globallashuv jarayonida yosh avlodni, xususan harbiy sohada tahsil olayotgan kursantlarni ma'naviy-axloqiy jihatdan yetuk, jismonan sog‘lom, Vatanga sadoqatli va fidoyi insonlar etib tarbiyalash dolzarb masalaga aylangan. Shu nuqtai nazardan sport turlari orqali kursantlarda Vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish va mustahkamlash muhim omil hisoblanadi. Sportning vatan tuyg'usini rivojlantirishdagi o‘rni beqiyosdir.


28.05.2025 Volume Issue View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor