QURILISH ISHLAB CHIQARISHDA LOYIHALARNI TASNIF QILISH BELGILARI

Investision-qurilish loyihalarining samaradorligi ko’p jihatdan ularning pudrat-qurilish bosqichining tashkil qilinganligiga bog’liq. Ushbu bosqichning muhim jihati shundaki tashkiliy-huquqiy tomondan binolarni barpo qilish qurilish tashkilotlari uchun alohida loyiha vazifasini bajaradi. Shu munosabat bilan bizlar tadqiqotimizda aynan qurilish obyektlaridagi loyihalarni o’rganishni obyekt sifatida qabul qilganmiz. Mazkur maqolada qurilish loyihalari tushunchasi, ularning tasnifi va tahlili bayon qilingan.


10.12.2025 Volume Issue View more Download
ELOBORATION OF CORRECTION FACTORS INCLUDED IN THE LOSS OF LABOR EXPENSES DURING RECONSTRUCTION

The degree of mechanization of installation work during reconstruction is characterized not only by a large proportion of labor costs, but also by the quality of the work performed. In order to reduce losses in construction organizations, it was proposed to create a differentiated regulatory framework in the form of correction factors for certain types of work during reconstruction, expansion and new construction on the territory of existing industrial enterprises.


10.12.2025 Volume Issue View more Download
RAQOBAT SHAROITIDA QURILISH SANOATI KORXONALARINI BOSHQARISH MUAMMOLARI VA ULARNING ECHIMI

Ushbu maqolada qurilish sanoati korxonalarining raqobatbardoshligini boshqarish masalalari ko'rib chiqilgan bo’lib, unda raqobatbardoshlikni boshqarishga sifat orqali erishish yo’llariga e'tibor qaratilgan. Raqobatbardoshlikni boshqarishda baholash funktsiyalari va mintaqaviy qurilish korxonalari uchun sifat menejmentining yaxlit tizimi taklif etilgan. Xuddi shuningdek maqolada qurilish korxonalarida mahalliy sifat menejmenti tizimlari uchun metodologiya ishlab chiqilgan.


10.12.2025 Volume Issue View more Download
JAMIYATDA INSON HUQUQ VA ERKINLIKLARINI TA’MINLASHDA VUJUDGA KELAYOTGAN MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMI

Ushbu maqolada jamiyatda inson huquq va erkinliklarini ta’minlash jarayonida yuzaga kelayotgan asosiy muammolarni tahlil qilish hamda ularning samarali yechimlarini asoslashga qaratilgan. Bugungi globallashuv, raqamli transformatsiya, ijtimoiy tengsizlikning kuchayishi, axborot bosimi va migratsiya jarayonlarining jadallashuvi inson huquqlarini himoya qilish tizimiga yangi talablar qo‘ymoqda. Shu sababli, tadqiqotda huquqiy ongning yetarli darajada shakllanmaganligi, ayrim sohalarda qonun ijrosidagi sustkashliklar, korrupsiya holatlarining mavjudligi, davlat organlari va fuqarolik jamiyati o‘rtasidagi hamkorlikning yetarli darajada bo‘lmaganligi kabi omillar chuqur ilmiy nuqtai nazardan yoritiladi. Shuningdek, so‘nggi yillarda aholining axborot texnologiyalaridan faol foydalanishi natijasida yuzaga kelayotgan yangi turdagi huquqbuzarliklar, shaxsiy ma’lumotlarning himoyasi, raqamli xavfsizlik, onlayn diskriminatsiya kabi zamonaviy xavf va muammolar ilmiy asosda ochib beriladi. Tadqiqot yakunida inson huquqlarini samarali ta’minlash uchun normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, sud-huquq tizimidagi islohotlarni chuqurlashtirish, davlat organlarida ochiqlik va hisobdorlikni kuchaytirish, fuqarolik jamiyati institutlarining faolligini oshirish, huquqiy madaniyatni rivojlantirish hamda raqamli xavfsizlikni mustahkamlashga oid aniq taklif va tavsiyalar ilgari suriladi.


10.12.2025 Volume Issue View more Download
O’ZBEKISTONDA UY-JOY QURILISHI VA ARZON UY-JOY DASTURLARINI RIVOJLANTIRISH: MOLIYAVIY VA TEXNOLOGIK YECHIMLAR

Ushbu maqolada O’zbekistonda uy-joy qurilishi va arzon uy-joy dasturlarini rivojlantirish masalalari tahlil qilinadi. Aholining uy-joyga bo‘lgan ehtiyoji ortishi, arzon uy-joy dasturlarining yetarli emasligi va qurilish xarajatlarining oshishi ushbu sohada samarali yechimlarni topishni dolzarb masalaga aylantiradi. Maqolada uy-joy qurilishida moliyaviy va texnologik yechimlarni qo‘llash orqali barqaror va samarali natijalarga erishish imkoniyatlari yoritiladi. Davlat va xususiy sektor hamkorligi, kreditlash mexanizmlari, prefabrik va modul qurilish texnologiyalari, energiya tejamkor materiallar va raqamlashtirilgan qurilish jarayonlari orqali loyiha xarajatlarini kamaytirish va sifatni oshirish yo‘llari tahlil qilinadi.


10.12.2025 Volume Issue View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor