Mazkur maqolada sinfdan tashqari ishlarning ta’lim jarayonidagi ahamiyati, xususan, o‘qituvchining kreativ yondashuvini shakllantirishdagi o‘rni yoritilgan. Biz sinfdan tashqari faoliyatlarning mazmuni, shakl va metodlari orqali pedagogning ijodiy salohiyatini rivojlantirish yo‘llarini tahlil qilganmiz. Shuningdek, maqolada o‘qituvchilarning kreativ yondashuvini kuchaytirishga xizmat qiladigan metodik tavsiyalar keltirilgan. Tajribaviy, interfaol va innovatsion yondashuvlar asosida sinfdan tashqari ishlarga kreativlikni kiritish orqali nafaqat o‘quvchilarda, balki o‘qituvchilarda ham yangicha fikrlash ko‘nikmalari shakllanishi asoslab berilganmiz.
Мазкур мақолада мактабгача ёшдаги болаларни саноқка ўргатишнинг мақсади, вазифалари, педагогик ва психологиявий асослари ҳамда амалий усул ва воситалари ёритиб берилади. Болаларда мантиқий фикрлаш, диққат ва хотирани ривожлантиришда саноқка ўргатишнинг аҳамияти таъкидланади.
Мазкур мақолада нотўлиқ оилаларда ўсган болаларда шахсий масъулият ва эмпатия ҳиссини шакллантириш масаласи ижтимоий-педагогик нуқтаи назардан таҳлил қилинган. Ота ёки онасиз муҳитда вояга етаётган болаларда руҳий ҳимоясизлик, ҳиссий номувозанатлик ва ижтимоий муносабатлардаги муаммолар кузатилиши таъкидланган. Шунингдек, мактаб, маҳалла, оммавий ахборот воситалари, болалар марказлари ва нодавлат ташкилотларнинг тарбиявий ролини кучайтириш орқали бундай болаларда шахсий камолотни таъминлаш механизмлари таклиф этилган. Хорижий тажрибаларга асосланиб, миллий шароитга мос амалий ечимлар баён этилган.
Ushbu maqolada makrosomiya holatida fetoplasental kompleksning funksional o‘zgarishlari tahlil qilinadi. Tug‘ilish vazni atrof-muhit, ijtimoiy va biologik omillarga sezgir ko‘rsatkich bo‘lib, makrosomiya rivojlanishining sabablari va natijalari batafsil o‘rganiladi. Plasentaning homilaning o‘sishiga ta’siri, uteroplasental qon aylanishining roli va platsenta disfunktsiyasi natijalari ilmiy manbalar asosida tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari makrosomiya holatlarining kelib chiqish omillari, diagnostikasi va oldini olish yo‘nalishlarini tushunishga yordam beradi.