Mazkur maqolada tishlarning patologik yemirilishi va unga hamroh bo‘luvchi giperesteziya muammolari ilmiy jihatdan yoritib beriladi. Tish qattiq to‘qimalarining yemirilishi turli omillar ta’sirida yuzaga kelib, bemorlarning hayot sifatini pasaytiradi, ovqatlanish va gigiyena jarayonlarini qiyinlashtiradi. Giperesteziya esa kichik stimullarga (sovuq, issiq, shirin yoki kislotali ta’sirlar) nisbatan sezuvchanlikning ortishi bilan tavsiflanadi. Zamonaviy stomatologiyada ushbu patologiyalarni davolash uchun remineralizatsiya dasturlari, nano-gidroksiapatit va bioaktiv shisha asosidagi preparatlar, lazer terapiyasi, yuqori adgeziya ko‘rsatkichiga ega biokompozit materiallar hamda minimal invaziv usullar qo‘llanilmoqda. Maqolada ushbu yangi metodlarning samaradorligi tahlil qilinadi hamda profilaktik chora-tadbirlarning ahamiyati yoritiladi.
Mazkur maqolada antibiotiklarga rezistentlikning shakllanish mexanizmlari, uning global sog‘liqni saqlash tizimiga ko‘rsatadigan xavfli ta’siri hamda yangi antibakterial terapiya yo‘nalishlarini ishlab chiqish zarurati tahlil qilingan. Antibiotiklarning noto‘g‘ri va nazoratsiz qo‘llanilishi natijasida patogen mikroorganizmlarda genetik o‘zgarishlar sodir bo‘lib, multidori rezistent shtammlar paydo bo‘lmoqda. Bu holat infeksion kasalliklarni davolashni qiyinlashtirib, o‘lim ko‘rsatkichining ortishiga sabab bo‘lmoqda. Shu bois zamonaviy biotexnologiyalar, fagogterapiya, antimikrob peptidlar va sun’iy intellekt asosida yaratilayotgan yangi terapiya yo‘nalishlari global sog‘liqni saqlash tizimida muhim ahamiyat kasb etadi.
Ushbu maqolada muhandislik grafikasi fanini o‘qitishda raqamli texnologiyalar va 3D-modellashtirishdan foydalanishning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilingan. Mahalliy tadqiqotchilar ishlari asosida fazoviy tafakkurni rivojlantirish, mustaqil fikrlash va kasbiy raqobatbardoshlikni oshirish omillari yoritilgan. Shuningdek, zamonaviy dasturlardan foydalanishda pedagoglarning malakasini oshirish va texnik infratuzilmani takomillashtirish zarurligi asoslab berilgan.
Tarixchi olima Dono Ziyaeva oʻz tadqiqotlarida Buxoro shahri toʻgʻrisida qiziqarli ma'lumotlarni keltirib, Buxoro shahri madaniyati, tarixiy obidalari, karvonsaroylari, savdo munosobatlari va boshqa ma'lumotlarni arxiv hujjatlar va manbalar asosida izohlab beradi.
Ushbu maqolada siz, musiqa madaniyati inson hayotida shakllanish jarayonlari va o‘rganish bosqichlari bilan nazariy taraflama tanishasiz. Qadriyatlarimiz asosiga qurilayotgan zamonaviy ta’lim dasturlar uchun musiqa madaniyatining ahamiyati to‘g‘risida fikr va mulohazalar olib boriladi. O‘sib ulg‘ayayotgan yoshlarimizda ta’lim-tarbiya, musiqiy did, estetik qarashlar, ruhiy barkamollikni to‘g‘ri tarbiyalash va rivojlantirish, bundan unumli foydalanish to‘g‘risidagi fikrlarim bilan tanishasiz. Musiqiy muhitning inson ruhiyati, tafakkur olamidagi o‘rni xaqida turli fikrlarni birgalikda taxlil qilamiz. Mehnat faoliyatim davomida yuzaga kelgan fikr, mulohazalarim, musiqiy madaniyatning turli tadqiqot na’munalari bilan bo‘lishib o‘taman.