YAPON TILIDA TRANSKRIPSIYA: FONETIK MOSLASHUV VA LINGVISTIK TRANSFORMATSIYALAR

Ushbu maqolada chet tillaridan yapon tiliga transkripsiyalash jarayonining lingvistik asoslari, usullari va muammolari tahlil qilinadi. Ayniqsa, fonetik va grafemik tafovutlar, yapon yozuv tizimining o‘ziga xos bo‘lgan cheklovlari, transkripsiya vaqtida sodir bo‘ladigan fonologik adaptatsiyalar chuqur ko‘rib chiqiladi. Misollar orqali chet so‘zlarining katakana yozuvida aks etishi va yapon talaffuziga moslashtirilish jarayoni yoritiladi. Maqola transkripsiya jarayonining tilshunoslikdagi va madaniyatlararo muloqotdagi ahamiyatini ochib beradi.


11.04.2025 Volume Issue View more Download
O‘ZBEK ALIFBOSINING RAQAMLI TRANSFORMATSIYA DAVRIDAGI ROLI VA IMKONIYATLARI

Ushbu maqolada O‘zbek alifbosining zamonaviy texnologiyalar va raqamli transformatsiya jarayonlaridagi o‘rni tahlil qilinadi. Alifboni isloh qilish yoki mavjud variantini takomillashtirish masalalari yangi texnologiyalar, ilmiy yondashuvlar va jamiyat ehtiyojlari nuqtayi nazaridan ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, mavjud kamchiliklar, ularni bartaraf etish yo‘llari va global integratsiyaga mos metodlar tahlil qilinadi.


11.04.2025 Volume Issue View more Download
TARIYXIY SHÍǴARMALARDA RUS TILI ARQALÍ KIRGEN KIYIM-KENSHEK ATAMALARÍ

Bul maqalada rus tili hám rus tili arqalı Evropa tillerinen kirip kelgen ayırım kiyim-kenshek atamaları haqqında maǵlıwmat berilgen. Atap aytqanda, rus tilinen ózlestirilgen kiyim atamalarınıń kelip shıǵıw tariyxı, olardıń qollanılıw ózgeshelikleri hám xalıqlar mádeniyatına tasiri aytıp ótilgen. Sonday-aq bul kiyim-kenshek atamalarınıń maqalada tariyxiy shıǵarmalardan mısallar keltirilip, bul atamalardıń qanday kontekstte qollanılıwı analiz etilgen.


11.04.2025 Volume Issue View more Download
AHMAD IBN MAHMUD MUIN AL-FUQARONING “TARIXI MULLOZODA” ASARI TO‘G‘RISIDA BA’ZI MULOHAZALAR

Ahmad ibn Mahmud Muin ul-Fuqaroning “Tarixi Mullozada” asari ziyorat odoblari, Buxoro shahri va uning atrofida dafn etilgan yoki maqbaralari joylashgan 160 ga yaqin ulug‘ ulama, faqih, so‘fiy, qozi, olim, podshoh, sulton va boshqalar to‘g‘risida qisqacha ma’lumot beruvchi asar bo‘lib, mazkur tadqiqot ishida ushbu asarning yozilish sabablari hamda undan ko‘zlangan maqsad, asarning tuzilishi, qo‘lyozma nusxalari borasida ma’lumotlar keltirilgan.


11.04.2025 Volume Issue View more Download
DASTLABKI TAYYORGARLIK BOSQICHIDA GANDBOLCHILARNING CHIDAMLILIGINI RIVOJLANTIRISH VOSITA VA USULLARI

Mazkur ilmiy ish “Dastlabki tayyorgarlik bosqichida gandbolchilarning chidamlilikni rivojlantirish vosita va usullari” mavzusiga qaratilgan bo‘lib unda, chidamlilikni rivjlantirish borasida olimlarning fikr mulohazalari yuuritilgan. Mavzu yuzasidan tadqiqot ishlari o‘tkazilgan, pedagagik kuzatuv ishlarida asosan matematik- statistika usullaridan foydalanilgan. Dastlabki tayyorlov bosqichida shug‘ullanuvchi gandbolchilarning chidamlilik sifatlarini rivojlantirish bo‘yicha vosita, usullari keltirilgan.


11.04.2025 Volume Issue View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor