“UZTRANSGAZ” AJ: MOLIYAVIY BARQARORLIK TAHLILI VA NI MUSTAHKAMLASH CHORALARI

Ushbu maqolada “UZTRANSGAZ” AJning moliyaviy barqarorligi tahlil qilinib, uning asosiy ko‘rsatkichlari orqali kompaniyaning moliyaviy holati baholanadi. Shuningdek, moliyaviy xatarlarni kamaytirish va barqarorlikni mustahkamlash bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan chora-tadbirlar taklif etiladi. Maqolada moliyaviy tahlil usullari, jumladan likvidlik, rentabellik va samaradorlik ko‘rsatkichlari asosida tahlil olib boriladi.


20.06.2025 Volume Issue View more Download
TASHKILOTNING MOLIYAVIY FAOLIYATI VA UNI BAHOLASH METODLARI

Ushbu maqolada investitsiya muhitining mohiyati, uni investitsiyalarni jalb qilishdagi ahamiyati, unga ta’sir etuvchi omillar yoritilgan. Mamlakatda investitsiya muhiti yaxshilash boʻyicha amaliy taklif va tafsiyalar islab chiqilgan.


19.06.2025 Volume Issue View more Download
O‘ZBEKISTONDA KONSTITUTSIYAVIY SUDGA FUQAROLAR VA YURIDIK SHAXSLARNING MUROJAATLARI INSTITUTINI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI: QIYOSIY HUQUQIY TAHLIL

Ushbu tadqiqot O‘zbekistonda konstitutsiyaviy sudga fuqarolar va yuridik shaxslarning murojaatlari institutining huquqiy asoslari, protsessual talablari va uni rivojlantirish yo‘llarini o‘rganadi. “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonunining normalari tahlil qilinib, Germaniya, Ozarbayjon, Qirg‘iziston va Tojikiston kabi xorijiy davlatlar tajribasi bilan solishtirildi. Tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekistonda faqat qonunlarga qarshi shikoyat qilish imkonini beruvchi qisman konstitutsiyaviy shikoyat instituti joriy etilgan bo‘lib, bu tizimning qamrovi va foydalanish imkoniyatlari xalqaro standartlarga, xususan, Venetsiya komissiyasi tavsiyalariga moslashtirishni talab qiladi. Takliflar orasida to‘liq konstitutsiyaviy shikoyat modelini joriy etish va protsessual samaradorlikni oshirish kiradi.


19.06.2025 Volume Issue View more Download
SAMARQAND VILOYATI MADANIY JARAYONLAR TARIXI (1868–1917 YILLAR MISOLIDA)

Mazkur maqolada 1868–1917 yillar oralig‘ida Samarqand viloyatida yuz bergan madaniy jarayonlar tahlil qilinadi. Rus imperiyasi tarkibiga qo‘shilishdan so‘ng hududda yuzaga kelgan ijtimoiy-madaniy o‘zgarishlar, yangi ta’lim tizimi, matbuot, teatr va boshqa madaniy institutlarning shakllanishi va ularning mahalliy jamiyat hayotiga ta’siri yoritilgan.


19.06.2025 Volume Issue View more Download
PARA TAEKVONDOCHILARNING OYOQ ZARBALAR TEZLIGINI RIVOJLANTIRISH

Mazkur ilmiy maqolada para taekvondo sport turi doirasida sportchilarning oyoq zarbalaridagi tezkorlikni oshirishda zamonaviy metod va vositalarning o‘rni atroflicha tahlil qilingan. Tadqiqotda 16–22 yosh oralig‘idagi nogironligi bor sportchilar ishtirokida eksperimental mashg‘ulotlar o‘tkazilib, zarba tezligi, aniqligi va mushak faolligining o‘zgarish dinamikasi kuzatildi. Treninglarda plyometrik yuklamalar, reaksiya tezligini rivojlantirishga xizmat qiluvchi mashqlar, video-analiz, hamda audiovizual stimulyatorlardan foydalanildi. Natijalar sportchilarning zarba berish texnikasi, koordinatsiya va motivatsiya darajasida sezilarli ijobiy o‘zgarishlarni ko‘rsatdi. Tadqiqot asosida para taekvondo sportchilari uchun individuallashtirilgan va moslashtirilgan trening dasturi ishlab chiqildi.


19.06.2025 Volume Issue View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor