Mazkur maqola ingliz tilini o‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish usullari va ularning samaradorligini tahlil qiladi. Interaktiv yondoshuvlar, geymifikasiya va mul'timedia vositalari o‘quvchilarning faolligini oshirish, qiziqishini uyg‘otish va bilimlarni chuqur o‘zlashtirishga ko‘maklashadi. Zamonaviy texnologiyalar o‘quv jarayonini interaktiv va amaliy qilishga qaratilgan bo‘lib, o‘quvchilarning ijodiy tafakkurini rag‘batlantiradi.
Mazkur maqola kino san’atida yangi uslublarning shakillanishi va rivojlanishida sun’iy intellekt texnologiyalarining o’rni tahlil qilinadi. Xususan zamonaviy algoritmlar, mashinaviy o’rganish va neyron tarmoqlar asosida yaratilayotgan visual effektlar, ssenariy yozish jarayoni, montaj va postprodakshn bosqichlaridagi innovatsion yondashuvlar ko’rib chiqiladi.
Ushbu maqolada akademik eshkak eshuvchilarning musobaqadan keyingi tiklanish davrining xususiyatlari va samaradorligi o‘rganildi. Tadqiqotda yuqori malakali sportchilarda musobaqa yuklamalaridan so‘ng yuzaga keladigan funksional o‘zgarishlar tahlil qilindi. Kompleks tiklanish vositalari — faol tiklanish, cho‘zilish mashqlari, sport massaji va suv muolajalarining ta’siri baholandi. Tadqiqot natijalari tiklanish jarayonini ilmiy asosda tashkil etish sportchilarning ish qobiliyatini tezroq tiklashga va keyingi mashg‘ulotlarga tayyorgarligini oshirishga xizmat qilishini ko‘rsatdi.
Ushbu tadqiqotda cho‘qmor bilan bajariladigan jismoniy mashqlarni o‘rgatishning xususiyatlari, samaradorligi va amaliy metodikasi o‘rganilgan. Cho‘qmor mashqlari mushaklarning kuchini, muvozanatni va koordinatsiyani rivojlantirishda samarali vosita sifatida tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari sport mashg‘ulotlarida va reabilitatsiya jarayonlarida cho‘qmor mashqlarining qo‘llanilish imkoniyatlarini ochib beradi.
This article analyzes the theoretical foundations of the restoration of memorial monuments, the importance of preserving historical monuments, and modern restoration methods. It also reviews the processes of preserving and restoring historical architectural monuments in Uzbekistan, international experience, and scientific approaches. During the restoration process, special attention is paid to the issues of preserving authenticity, not destroying historicity, and restoring the original appearance of the monument as much as possible.