TA’LIM TIZIMIDA INNOVATSION LOYIHALARNI BOSHQARISH MEXANIZMLARI

Maqolada ta’lim tizimida innovatsion loyihalarni boshqarish mexanizmlari nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilingan. Ta’lim sifatini oshirishda innovatsion yondashuvlarning ahamiyati, ularning samaradorligini belgilovchi omillar hamda xalqaro tajribalar asosida shakllangan boshqaruv usullari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqotda raqamli ta’lim resurslari, masofaviy ta’lim platformalari va elektron boshqaruv tizimlarining o‘quv jarayoniga ta’siri o‘rganildi. O‘zbekiston ta’lim tizimidagi mavjud tajribalar tahlil qilinib, innovatsion loyihalarni amalga oshirishda uchraydigan muammolar, jumladan, kadrlar salohiyatining yetishmasligi, moliyaviy cheklovlar va monitoring mexanizmlarining to‘liq ishlamasligi qayd etildi.


15.09.2025 Volume Issue View more Download
TEXNIK TARAQQIYOT

Texnik taraqqiyot Texnik taraqqiyot insoniyat taraqqiyoti tarixining ajralmas va bosh omillaridan biridir. Dastlabki mehnat qurollaridan tortib, hozirgi sun’iy intellekt asosidagi tizimlargacha bo‘lgan jarayon uzoq, murakkab, ammo nihoyatda samarali yo‘lni bosib o‘tdi. Bugungi kunda texnika taraqqiyoti nafaqat ishlab chiqarish yoki sanoat sohasini, balki ta’lim, tibbiyot, transport, aloqa, hatto shaxsiy hayotimizni ham tubdan o‘zgartirib yubordi.


15.09.2025 Volume Issue View more Download
XUSUSIY TA’LIM SOHASIDA INNOVATSION LOYIHALARNI BOSHQARISH: DOLZARB MASALALAR VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI

Ushbu maqolada O‘zbekistonda xususiy ta’lim sohasining rivojlanishida innovatsion loyihalarning ahamiyati, ularni boshqarish mexanizmlari hamda mavjud muammolar tahlil qilinadi. Shuningdek, xorijiy tajriba asosida samarali boshqaruv usullari va istiqbolli yo‘nalishlar ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, innovatsion boshqaruvni joriy etish xususiy ta’lim muassasalari raqobatbardoshligini oshirish va xalqaro standartlarga moslashuvini ta’minlaydi.


15.09.2025 Volume Issue View more Download
KREMNIYGA ULTRABINAFSHA NURLAR TA’SIRIDAGI ELEKTROFIZIK XOSSALARI

Ushbu maqola kremniyga ultrabinafsha (UV) nurlar taʼsirining elektrofizik xossalarga qanday oʻzgarishlar olib kelishini oʻrganadi. Unda kremniyning shakliga, nurlanish intensivligi va toʻlqin uzunligiga qarab UV nurlari turlicha taʼsir koʻrsatishi taʼkidlangan. Maqolada asosiy taʼsirlar, jumladan, fotoionizatsiya va fotoelektron emissiya hodisalari batafsil tushuntirilgan. Bundan tashqari, maqolada yuqori intensivlikdagi UV nurlarining kremniyning kristall panjarasidagi bogʻlanishlarni buzishi va optik singdirish (absorbtsiya)ni kuchaytirishi, bu esa elektron-kovak juftliklari hosil boʻlishiga olib kelishi ham koʻrsatilgan. Maqolaning ikkinchi qismida esa laboratoriya tajribasi tahlil qilinadi. Unda kremniy namunasiga UV nurlari tushirilishi natijasida namuna tarkibidagi kislorod va uglerod miqdorlarining oʻzgarishi oʻrganilgan. Grafiklar asosida kislorod konsentratsiyasining notekis, tebranuvchi tarzda oʻzgarishi koʻrsatilgan. Bu holat oksidlanish bilan bir qatorda yuzadan kislorodning ajralib chiqishi (desorpsiya) kabi murakkab jarayonlar bilan izohlanadi.


13.09.2025 Volume Issue View more Download
ZAMANAGÓY ENERGIYA SAQLAWSHI VERMIKULITBETON TAYARLAW TEXNOLOGIYASI

Házirgi dáwirde qurılıs sanaatınıń hár tárepleme rawajlanıwı nátiyjesinde arzan, zamanagóy energiya hám resurs tejew qurılıs materiallarına bolǵan talap keskin mútajlikke alıp keldi. Diywalbap qurılıs materiallar tiykarında vermikulitbetonnıń jańa túrleri islep shıǵarıw, bul máseleniń sheshimi bolıwı múmkin. Sonday aq qurılıs gerbishiniń ornına vermikulitbeton imarat-soorujeniyeler qurılısında aǵash ornına paydalanılsa, bul qurılıs materialdı islep shıǵarıw processinde sarıplanatuǵın energiya hám xanalardıń ıssılıq sarpın tejewge imkániyat beredi. Bunnan tısqarı vermikulitbeton materiallarınıń bekkemliligi hám úlken áhmiyetke iyeligi temanıń aktuallıǵın kórsetedi.


13.09.2025 Volume Issue View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor