KAPITAL QURILISH SOHASIDA INNOVATSION-INVESTITSION JARAYONLARNI BOSHQARISH MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISH YO'LLARI

Maqolada kapital qurilish sohasida innovatsion-investitsion jarayonlarni samarali boshqarish masalalari, ularning zamonaviy iqtisodiy islohotlar sharoitida tutgan o‘rni, raqamlashtirish, sun’iy intellekt va ilg‘or texnologiyalarni joriy etish orqali boshqaruv mexanizmlarini takomillashtirish yo‘llari tahlil etiladi. Shuningdek, investitsion faoliyat samaradorligini oshirish, xavf-xatarlarni kamaytirish hamda davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ilgari suriladi.


11.12.2025 Volume Issue View more Download
KO'CHMAS MULKNI BAHOLASHDA SUN'IY INTELLEKT FOYDALANISH ISTIQBOLLARI

Ushbu maqolada ko'chmas mulkni baholashda sun'iy intellektning roli va uni barqaror shahar rivojlanishiga erishish uchun shaharsozlik boshqaruvida qo'llash imkoniyatlari tadqiq qilingan.


11.12.2025 Volume Issue View more Download
RAQAMLI IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHDAGI TURKUM MUAMMOLAR

Maqolada raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi va raqamli transformatsiya jarayonlari orqali korxona va davlat boshqaruvida samaradorlikni oshirish masalalari o‘rganilgan. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va sun’iy intellekt vositalari iqtisodiy faoliyatning barcha sohalarida jarayonlarni avtomatlashtirish, ma’lumotlarni tahlil qilish va qaror qabul qilish sifatini yaxshilash imkonini beradi. Shu bilan birga, raqamli transformatsiya orqali resurslardan foydalanish optimallashtiriladi, ish jarayonlari tezlashadi va iqtisodiy samaradorlik oshadi. Maqolada, shuningdek, raqamli iqtisodiyotning ijtimoiy, moliyaviy va regulyativ jihatlari, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, innovatsiyalarni tatbiq etish va inklyuziv rivojlanish masalalari ham ko‘rib chiqilgan.


11.12.2025 Volume Issue View more Download
IQTISODIYOTNI RAQAMLI BOSHQARUVINING NAZARIY ASOSLARI

Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyotning iqtisodiy mazmuni, mohiyati, uning hozirgi davrda bizga qanchalik zaruriyati borligi va O‘zbekistonda raqamli boshqaruvning bugungi holati haqidagi nazariy qarashlar o‘rganiladi, shuningdek, uning O‘zbekistondagi va xorijdagi holati qiyosiy tahlil qilinadi. Tahlillar asosida O‘zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotning ustuvor yo‘nalishlari va rivojlanishiga oid ilmiy taklif va xulosalar ishlab chiqildi.


11.12.2025 Volume Issue View more Download
QURILISH LOYIHALARIDA SIFATNI SHAKLLANISH BOSQICHLARI

Ushbu maqolada qurilish loyihalarida sifatni shakllantirish bosqichlari, ularning mazmuni va ahamiyati tahlil qilinadi. Qurilish jarayonida sifat ko‘rsatkichlari loyiha ishlab chiqish, qurilish-montaj ishlarini bajarish hamda obyektni foydalanishga topshirish bosqichlarida shakllanadi. Maqolada har bir bosqichda sifatni ta’minlashga ta’sir etuvchi omillar, nazorat va boshqaruv mexanizmlari, shuningdek, zamonaviy texnologiyalar va standartlarning roli yoritilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, sifatni shakllantirish jarayonida kompleks yondashuv, innovatsion usullar va me’yoriy hujjatlarga rioya etish yuqori sifatli, xavfsiz va barqaror qurilish obyektlarini yaratishning asosiy omilidir. Qurilish obyektlarini loyihalash jarayonida amalga oshirish uchun loyihalashtirish jarayonini boshqarish dolzarb muammo hisoblanadi. Maqolada qurilishda loyihalashtirishga jarayonli yondashuv asosida tahlil qilish uslubiyatini rivojlantirish masalalari bayon qilingan.


10.12.2025 Volume Issue View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor