This article provides a comprehensive analysis of the scientific and methodological foundations for implementing quality management systems in meat and meat product manufacturing enterprises. The requirements and mechanisms of ISO 9001:2015, ISO 22000, HACCP, and GMP standards, as well as their applicability in the context of Uzbekistan, are examined. The study highlights how the introduction of quality management systems can enhance competitiveness, expand export potential, and ensure sustainable food safety in the domestic market.
Ushbu maqolada antibiotiklardan noto‘g‘ri foydalanish natijasida bakteriyalarda rivojlanadigan rezistentlik muammosi yoritilgan. Maqolada antibiotiklardan noto‘g‘ri foydalanishning asosiy sabablaridan tortib, rezistent bakteriyalarning shakllanish mexanizmlari, misollari va ularning inson salomatligiga ta’siri batafsil tahlil qilingan. Shuningdek, antibiotik rezistentligini kamaytirish va oldini olishning samarali choralariga — oqilona dori qo‘llash, vaksinatsiya, gigiena va yangi davolash usullarini ishlab chiqish kabilariga e’tibor qaratilgan. Maqola talabalarga, tibbiyot xodimlariga va keng jamoatchilikka antibiotiklar va ularning oqilona ishlatilishi muhimligini tushuntirishga xizmat qiladi.
Maqolada basketbolchilarning ko‘p yillik tayyorgarligi davomida kompleks mashqlar dasturini ishlab chiqishda innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanish asosida “Harakat tezkorligini rivojlantirish test mashqlari modeli” ishlab chiqildi. Ushbu model yosh sportchilarning jismoniy sifatlari, koordinatsion qobiliyatlari va sport-texnik mahoratining rivojlanish darajasini baholash imkonini beradi.
Ushbu maqola STEAM (Science, Technology, Engineering, Arts, Mathematics) taʼlim yondashuvining maktabgacha taʼlim muassasalaridagi qoʻllanishi va samaradorligini oʻrganadi. Tadqiqot adabiyotlar tahlili asosida STEAM texnologiyasining bolalarning kognitiv rivojlanishi, ijodiy qobiliyatlari va muammolarni yechish koʻnikmalariga taʼsirini baholaydi. Maqola zamonaviy maktabgacha taʼlim tizimida STEAM yondashuvining ahamiyati va uning amaliy tatbiqi masalalarini koʻrib chiqadi.
Mazkur ilmiy maqolada tijorat banklari kreditlarining aholi bandligiga va mamlakat iqtisodiy o‘sishiga ko‘rsatadigan ta’siri tahlil qilingan. Kreditlash jarayonida ishlab chiqarish korxonalarini moliyalashtirish, kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash hamda uy xo‘jaliklari uchun yaratilgan moliyaviy imkoniyatlarning mehnat bozoriga va yalpi ichki mahsulotning o‘sishiga qo‘shgan hissasi yoritilgan. Shuningdek, bank kreditlarining investitsiya faolligini oshirishdagi, yangi ish o‘rinlari yaratishdagi va soliq tushumlarini ko‘paytirishdagi multiplikativ effekti nazariy va amaliy jihatdan asoslab berilgan. Xalqaro tajribalar bilan bir qatorda O‘zbekiston tajribasi ham tahlil etilib, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida kreditlarning samaradorligini oshirish bo‘yicha xulosalar keltirilgan.