Ushbu ilmiy tadqiqot Surxondaryo viloyati sharoitida o‘suvchi na’matak (Rosa canina L.) o‘simligining ildiz tizimi rizosferasidan ajratib olingan Mesorhabditis (Osche, 1952) avlodiga mansub nematoda turlarining morfologik va biologik xususiyatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqot davomida namunalar tuproq-rizosfera qatlamidan standart nematologik usullar asosida ajratib olindi va laboratoriya sharoitida morfometrik, mikroskopik hamda identifikasion tahlillar amalga oshirildi. Olingan natijalar Mesorhabditis turlarining tana tuzilishi, og‘iz apparati, reproduktiv tizimi, o‘lcham ko‘rsatkichlari kabi morfologik belgilarini aniqladi, shuningdek ularning ko‘payishi, rivojlanish bosqichlari va rizosfera biotsenozidagi ekologik roli yoritildi. Tadqiqot Surxondaryo hududidagi yovvoyi dorivor o‘simliklar bilan bog‘liq nematofaunaning xilma-xilligini aniqlashga va Mesorhabditis avlodiga mansub turlarni regional diagnostika mezonlari bo‘yicha tavsiflashi bilan ahamiyatlidir.
Ushbu maqolada chet tili o'qitishida o'qituvchi va talabalar o'rtasidagi pedagogik interaksiyaning turli shakllari tahlil qilingan. Zamonaviy universitet amaliyotida qo'llaniladigan kommunikativ, hamkorlikka asoslangan va texnologik vositalar orqali amalga oshiriladigan interaksiya modellari nazariy jihatdan o'rganilgan. Tadqiqot natijalariga ko'ra, o'qituvchi-talaba interaksiyasining muvaffaqiyati kommunikativ muhit yaratish, individual yondashuvni ta'minlash va muntazam qayta aloqa berish prinsiplarining kompleks qo'llanilishiga bog'liq ekanligi aniqlangan.
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida investitsiya siyosatining hozirgi holati, uning iqtisodiy o‘sishdagi roli hamda xorijiy investitsiyalarni jalb etish masalalari tahlil qilinadi. So‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar, sarmoya muhitini yaxshilash, xususiy sektorni rivojlantirish va raqamli iqtisodiyot sharoitida investitsiyalarni boshqarish yo‘nalishlari yoritilgan. Shuningdek, maqolada investitsion muhitni yanada takomillashtirish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish va barqaror rivojlanishni ta’minlash bo‘yicha takliflar ilgari suriladi.
Ushbu maqolada gender tengligi siyosatining huquqiy asoslari, uning shakllanishi va rivojlanishida davlatning roli tahlil qilinadi. O‘zbekiston Respublikasida ayollar va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlarni kafolatlovchi normativ-huquqiy baza, xususan Konstitutsiya, “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun hamda boshqa tegishli me’yoriy hujjatlarning mazmuni ochib beriladi. Maqola gender siyosatini amalga oshirishning huquqiy mexanizmlari, institutlari va jamiyatdagi amaliy ahamiyatini yoritishga qaratilgan bo‘lib, gender tengligini ta’minlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanligi asoslab beriladi.
O‘zbekiston iqtisodiyotining barqaror rivojlanishida investision-qurilish jarayonining samaradorligi muhim o‘rin tutadi. Jahon amaliyotida mazkur jarayonni tashkil etishda developerlik xizmatlaridan foydalanish ijobiy natija bermoqda. Maqolada O‘zbekiston sharoitida developerlik faoliyatini rivojlantirish zaruriyati, uning tashkiliy-iqtisodiy afzalliklari, an’anaviy modeldan farqli jihatlari hamda uni milliy qurilish tizimiga moslashtirish yo‘nalishlari yoritilgan. Shuningdek, xorijiy davlatlar tajribasi tahlil qilinib, O‘zbekiston iqtisodiyotiga mos holda developerlik faoliyatini joriy etishning ustuvor yo‘nalishlari asoslab berilgan.