Mazkur maqolada ushlab turilgan va ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan shaxslarni tergov hibsxonalarida saqlash tizimining shakllanishi va rivojlanishining tarixiy bosqichlari tadqiq etilgan. Jamiyatda jamoat xavfsizligini taʼminlash va huquqbuzarliklarning oldini olish nuqtayi nazaridan qamoqqa olish institutining evolyutsiyasi, turli tarixiy davrlardagi qonunchilik asoslari va penitensiar tizimdagi islohotlar qiyosiy tahlil qilingan.
Mazkur maqolada Yangi O‘zbekiston sharoitida davlat va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarning transformatsiya jarayoni zamonaviy tarixiy yondashuv asosida kompleks tahlil qilinadi. Tadqiqotda mustaqillikdan keyingi davrda, ayniqsa 2016-yildan boshlab amalga oshirilgan keng ko‘lamli siyosiy, huquqiy va ijtimoiy islohotlarning davlat boshqaruvi tizimiga hamda jamiyat hayotiga ta’siri ochib beriladi. Maqolada “davlat — jamiyat uchun” va “inson manfaatlari ustuvor” tamoyillarining shakllanishi, davlat hokimiyati organlari faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash mexanizmlarining joriy etilishi, fuqarolik jamiyati institutlarining faollashuvi ilmiy asosda yoritiladi. Shuningdek, jamoatchilik nazorati, ommaviy axborot vositalari va nodavlat notijorat tashkilotlarining davlat va jamiyat o‘rtasidagi vositachi sifatidagi roli tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari Yangi O‘zbekistonda davlat va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlar sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilayotganini, mazkur transformatsiya demokratik jamiyat qurish, huquqiy davlatni mustahkamlash va barqaror taraqqiyotga erishishda muhim omil ekanini ko‘rsatadi.
Мазкур параграфда Ўзбекистонда суд–пробация тизимида жиноятчиликнинг “рақамлилашуви” шароитида профилактика самарадорлигини таъминлаш масалалари илмий-амалий жиҳатдан таҳлил қилинади. Ахборот технологияларидан фойдаланиб содир этиладиган жиноятлар (киберфирибгарлик, онлайн талон-торож қилиш ва ҳ.к.) ортиб бораётгани фонида озодликни чеклаш жазосини ижро этишда анъанавий офлайн назорат индикаторларига суяниш “кўринмас рақамли девиация”ни барвақт аниқлаш имкониятини чеклаётгани асосланади. Суд амалиётида интернетдан фойдаланишни чеклаш чорасининг (ЖК 45-модда) қўлланилмаслиги ҳамда “E-probatsiya” риск баҳолаши реал киберхатарлар билан мос келмаслигига доир кейс орқали тизимли узилишлар очиб берилади. Хулосада назорат предметини офлайндан онлайн риск профилига кенгайтириш, чекловларни индивидуаллаштириш ва рақамли мониторинг механизмларини ҳуқуқий жиҳатдан мустаҳкамлаш йўналишлари таклиф этилади.
Mazkur maqolada akademik eshkak eshuvchilarning mashgʻulot jarayonida qoʻllaniladigan mashgʻulot vositalari va yuklamalarni rejalashtirishning ilmiy-uslubiy asoslarini tahlil qilishga qaratilgan. Tadqiqotda sport mashgʻulotlari nazariyasi va amaliyotiga oid zamonaviy ilmiy manbalar, yetakchi mutaxassislarning qarashlari hamda yuqori malakali eshkak eshuvchilar tayyorgarligi tajribasi oʻrganildi. Mashgʻulot yuklamalarining hajmi, intensivligi, yoʻnaltirilganligi va ularning sportchilarning funksional holatiga taʼsiri ilmiy jihatdan asoslab berildi. Shuningdek, yillik, oylik va haftalik mashgʻulot rejalashtirishda yuklamalarni optimallashtirish masalalari yoritildi. Tadqiqot natijalari akademik eshkak eshuvchilarning sport mahoratini oshirish, jarohatlanish xavfini kamaytirish va musobaqa faoliyatida yuqori natijalarga erishishga xizmat qiladi.
Mazkur maqolada baydarka va kanoeda eshkak eshish jarayonining biomekanik xususiyatlari yoritilgan. Unda eshkak eshish harakatining asosiy fazalari, mushaklar faoliyati, kuch uzatilishi hamda muvozanat va koordinatsiyaning ahamiyati tahlil qilingan. Shuningdek, to‘g‘ri biomekanik texnikaning sport samaradorligini oshirish va jarohatlarning oldini olishdagi roli ko‘rsatib berilgan.