TAJRIBAVIY GIPODINAMIYA HOLATIDAGI ONALARDAN TUG‘ILGAN AVLODLAR YURAK QORINCHALARI MORFOLOGIYASI

Tadqiqotda nazorat va eksperimental (gipodinamiya) holatidagi onalardan tug‘ilgan oq laboratoriya kalamushlardan foydalanildi. Postnatal ontogenezning turli davrlarida miokardning morfologik tekshiruvlari shuni ko‘rsatdiki, nazorat guruhi bilan taqqoslaganda, eksperimental guruhda miokard kapillyarlarida staz va eritrotsitlar agregatsiyasi aniqlandi. Gipodinamiya holati kardiomiotsitlarning endotelial funksiyasini sezilarli darajada buzildi. Tajriba hayvonlarining barcha davrlarida miokard periferik qon aylanishining buzilishi natijasida miokard gipoksiyasi yuzaga kelgani qayd etildi. Shuningdek, miokard intramural arteriyalaridagi endotelial hujayralarda spazm, hamda stromaning perivaskulyar shishi aniqlangan.


30.01.2026 Volume Issue View more Download
DAVLAT BOSHQARUVIDA SUN'IY INTELLEKTDAN FOYDALANISHNING HUQUQIY ASOSLARI VA HUQUQIY MAS'ULIYAT MASALALARI

Mazkur ilmiy maqolada davlat boshqaruvida sun'iy intellekt texnologiyalaridan foydalanishning huquqiy asoslari hamda ushbu jarayonda yuzaga keladigan huquqiy mas'uliyat masalalari tahlil qilingan. Tadqiqot O'zbekiston qonunchiligini, xorijiy tajribani va xalqaro hujjatlarni qamrab oladi. Sun'iy intellekt qarorlarining huquqiy tabiati, javobgarlik subʼektlari va inson huquqlarini ta'minlash mexanizmlari yoritilgan.


30.01.2026 Volume Issue View more Download
ФОРМИРОВАНИЕ КУЛЬТУРЫ РЕЧИ В УСЛОВИЯХ СОВРЕМЕННОЙ МЕДИАСРЕДЫ

В статье рассматривается проблема формирования культуры речи в условиях современной медиасреды, характеризующейся высокой степенью цифровизации, доступностью информации и активным развитием социальных сетей. Анализируется влияние медиатекстов, интернет-коммуникации и новых форм речевого взаимодействия на языковую норму и речевое поведение личности. Особое внимание уделяется роли образовательных институтов и средств массовой информации в формировании речевой культуры молодежи. Обосновывается необходимость системного подхода к развитию культуры речи в условиях медиареальности XXI века.


30.01.2026 Volume Issue View more Download
MAKROIQTISODIY KO‘RSATKICHLARNI PROGNOZLASHDA EKONOMETRIK MODELLARDAN FOYDALANISH

Hozirgi globallashuv sharoitida mamlakatlar iqtisodiy rivojlanishini samarali boshqarish uchun aniq va ishonchli prognozlarga ehtiyoj tobora ortib bormoqda. Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar, jumladan yalpi ichki mahsulot (YAIM), inflyatsiya darajasi, ishsizlik ko‘rsatkichi, eksport-import hajmi va investitsiyalar iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi.


28.01.2026 Volume Issue View more Download
DIGITAL DENTISTRY: CAD/CAM TEXNOLOGIYALARI VA 3D PRINTER YORDAMIDA PROTEZ TAYYORLASH

Ushbu maqolada ortopedik stomatologiyada raqamli texnologiyalarning o‘rni, xususan CAD/CAM tizimlari va 3D printer yordamida protez tayyorlash jarayonlari keng yoritilgan. Zamonaviy texnologiyalar protezlash jarayonini tezlashtirish, aniqlikni oshirish va estetik natijalarni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Tadqiqotda ushbu texnologiyalarning afzalliklari, cheklovlari, klinik amaliyotdagi qo‘llanilishi va kelajakdagi rivojlanish istiqbollari tahlil qilinadi.


28.01.2026 Volume Issue View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor