ko’p yillik ilmiy tadqiqotlarida yuklamalar darajasini oshirish va sportchilarning ish faoliyatini rivojlantirishni fazalarga bo‘linishini hisobga olgan holda o‘yin va o‘yinlararo sikllarda mashg‘ulot yuklamalarini o‘zgartirish tizimida kompensatsiya va superkompensatsiya mexanizmlaridan foydalanish imkonini berdi. Sportchining joriy holatini baholash va mashg‘ulot siljishlarini aniqlashga asoslangan yuklamalarni o‘zgartirish tizimlari mashg‘ulot jarayonini faollashtirish va uning samaradorligini oshirishga imkon yaratadi. Yunon-rum kurashchilari musobaqa faoliyatining mazmuni va tuzilishini batafsil tahlil qilib, kurash musobaqalari qoidalari juda tez-tez o‘zgarib turishini ta’kidlagan, bu esa mutaxassislarni individual mashg‘ulot dasturlarini ushbu faoliyatni amalga oshirishning o‘zgaruvchan sharoitlariga moslashtirish yo‘llarini doimiy ravishda izlash va texnik-taktik tayyorgarlik jarayoniga vaqti-vaqti bilan sezilarli o‘zgartirishlar kiritishga majbur qildi.
Ushbu maqolada Escherichia coli bakteriyasining morfologik, fiziologik va genetik xususiyatlari, uning patogen shtammlari va klinik ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, E. coli’ning ilmiy tadqiqotlarda model organizm sifatidagi o‘rni, biotexnologik jarayonlardagi qo‘llanilishi va ekologik ahamiyati haqida ma’lumot beriladi.
This study examines the effectiveness of inclusive English language teaching methods designed to support neurodivergent learners. It highlights the significance of adapting educational practices to meet diverse cognitive and emotional needs in order to promote equal participation and academic success.
Ko’kalamzorlashtirishning aholi yashash joylarida vertikal ko’kalamzorlashtirish usulida foydalaniladigan o’simliklar biologiyasini o’rganish. Vertikal ko’kalamzorlashtirishda foydalaniladigan o’simliklarning inson va atrof muhitga ta’siri mexanizmi o’rganiladi.
Mazkur maqolada sanoat korxonalaridan atmosferaga chiqarilayotgan chiqindilarning manbalari, ularning turlari va ekologik hamda sog‘liq uchun oqibatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, chiqindilarni kamaytirish va bartaraf etish yo‘llari, jumladan, texnologik modernizatsiya, filtrlash tizimlari, qayta ishlash usullari hamda davlat nazorati va aholining ekologik madaniyatini oshirish masalalari yoritilgan.