This thesis investigates data about significance of neologisms both in English and Uzbek languages. It also identifies Why neologisms are needed?, What is the role of neologisms in language? and How they adapt to language. Additionally, information is given about both languages with relevant and powerful examples.
Ushbu maqolada musiqiy-estetik tafakkur va musiqa psixologiyasining o‘zaro bog‘liqligi masalalari tahlil qilinadi. Musiqaning inson ruhiyati, estetik dunyoqarashi hamda hissiy tafakkuriga ta‘siri ilmiy jihatdan yoritilgan. Shuningdek, musiqani idrok etish jarayonida psixologik omillarning ahamiyati, musiqiy tafakkurning shakllanishida estetik tarbiyaning o‘rni haqida fikr yuritiladi. Maqolada musiqa san‘atining inson ma‘naviy kamolotidagi ahamiyati ham ochib berilgan.
Bugungi kunda zamonaviy basketbol yuqori tezlik, tezkor fikrlash va murakkab texnik harakatlarni talab qiluvchi sport turi hisoblanadi. O‘yin jarayonida sportchi tez yo‘nalish o‘zgartirishi, sakrashi, raqib bilan kurashishi va shu bilan birga tana muvozanatini saqlab qolishi kerak. Basketbolchilarning texnik va taktik tayyorgarligida muvozanat qobiliyati muhim ahamiyat kasb etadi. Muvozanat sportchining harakatlarni aniq bajarishi, yiqilmasligi va murakkab vaziyatlarda tanani boshqara olishini ta’minlaydi. So‘nggi yillarda sport amaliyotida koordinatsion va muvozanat mashqlariga katta e’tibor qaratilmoqda. Chunki muvozanat qobiliyati rivojlangan sportchilar texnik harakatlarni samaraliroq bajaradi va o‘yin davomida kamroq xato qiladi. Shu sababli basketbolchilarda muvozanat qobiliyatini rivojlantirish masalasi dolzarb ilmiy muammolardan biri hisoblanadi.
Mazkur maqolada soliq yukining iqtisodiy mohiyati, uning davlat, xo‘jalik yurituvchi subyektlar va aholi faoliyatiga ta’siri ilmiy jihatdan yoritilgan. Soliq yukining darajasini aniqlashda qo‘llaniladigan asosiy ko‘rsatkichlar, jumladan, soliq tushumlarining yalpi ichki mahsulotga nisbati, korxonalarning daromadi va foydasiga nisbatan to‘lanadigan soliqlar ulushi hamda soliq majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq qo‘shimcha xarajatlar tahlil qilingan. Shuningdek, soliq yukining yuqori darajada bo‘lishi natijasida tadbirkorlik faolligining pasayishi, korxonalar moliyaviy barqarorligining zaiflashishi, investitsion loyihalarning qisqarishi, ishlab chiqarish xarajatlarining oshishi va yashirin iqtisodiyot ulushining kengayishi kabi muammolar ko‘rib chiqilgan. Maqolada soliq yukini pasaytirish faqat soliq stavkalarini kamaytirish bilan cheklanmasligi, balki soliq bazasini kengaytirish, soliq ma’murchiligini soddalashtirish, raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, soliq imtiyozlarining samaradorligini oshirish hamda soliq to‘lovchilarga teng va adolatli sharoit yaratish orqali amalga oshirilishi lozimligi asoslangan. Tadqiqot natijalari asosida soliq yukini maqbullashtirish, biznes muhitini yaxshilash, investitsion faollikni rag‘batlantirish va davlat byudjeti daromadlarining barqarorligini ta’minlash bo‘yicha ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Mazkur maqolada oʻzbek tiliga din ta’sirida kirib kelgan va ijtimoiy hayotimizda va adabiyotimizda keng qoʻllanayotgan ibroniy tillaridan oʻzlashgan va bugungi kunda dunyoda keng iste’molda boʻlgan ismlar tahlil qilindi va adabiyotimizdan misollar yordamida oʻrganildi.