Ushbu maqolada 1927–1930-yillarda O‘zbekistonda o‘tkazilgan “Hujum” harakati va “paranji tashlash” jarayonining ijtimoiy, madaniy hamda psixologik oqibatlari tahlil qilingan. Sovet hokimiyatining ayollarni ozod etish siyosati tashqi tomondan modernizatsiya ramzi sifatida ko‘rinsada mahalliy an’ana va diniy qadriyatlar bilan to‘qnash kelgan. Arxiv manbalari asosida ko‘plab ayollarning zo‘ravonlik va tazyiqlarga uchragani, ammo shunga qaramay, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligi ortgani yoritilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra “Hujum” harakati O‘zbekiston tarixida ayollar taqdirini tubdan o‘zgartirgan murakkab, ammo burilish davri sifatida baholanadi.
Bugungi globallashgan jamiyatda nozik mavzularda nomaqbul so‘zlarni nisbatan muloyimroq so‘zlar, ya’ni evfemizmlar bilan almashtirishga ehtiyoj ortdi. Insonlar so‘zlayotgan nutqi keskin yoki haqoratli bo‘lishini oldini olish maqsadida o‘z fikrlarini bildirish uchun yumshoqroq alternativlardan foydalanishi bugungi kun zaruratiga aylandi. Ushbu maqolada evfemizmlarning o‘rganilish tarixi va olimlarning evfemizm bo‘yicha yondashuvlari yoritib berilgan.
Ushbu maqolada xalqaro huquq tizimida davlatlarning javobgarligi institutining shakllanishi va unda xalqaro odat huquqining o‘rni tahlil qilinadi. Muallif xalqaro odatlarning manba sifatidagi ahamiyatini, ularning davlat amaliyoti va opinio juris orqali shakllanish mexanizmini yoritadi. Maqolada, shuningdek, BMT xalqaro huquq komissiyasi tomonidan 2001-yilda qabul qilingan “Davlatlarning xalqaro huquqbuzarliklari uchun javobgarligi to‘g‘risidagi maqolalar” hamda xalqaro sud amaliyotining mazkur sohaga ta’siri ko‘rib chiqiladi. Natijada xalqaro odat huquqi davlatlarning javobgarligini belgilashda muhim manba sifatida e’tirof etilgan.
Mazkur maqolada pedagogik ta’limotlar tarixi fanining shakllanishi va rivojlanish bosqichlari ilmiy tahlil etilgan. Unda qadimgi Sharq, Yunon-Rim davrlari, O‘rta asr Sharq allomalari, Yevropa Uyg‘onish davri olimlari hamda zamonaviy pedagogik oqimlarning asosiy g‘oyalari yoritilgan. Shuningdek, O‘zbekiston hududida shakllangan milliy pedagogik an’analar, Al-Xorazmiy, Al-Farg‘oniy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Alisher Navoiy kabi mutafakkirlarning ta’lim-tarbiya haqidagi qarashlari tahlil qilingan. Maqola zamonaviy ta’lim tizimida tarixiy-pedagogik merosdan foydalanishning ilmiy va amaliy ahamiyatini ochib beradi.
Mazkur maqolada maktabgacha taʻlim tashkilotlarida tarbiyachi-pedagoglarning emotsional kompetentsiyasini shakllantirish mexanizmlari, his-tuygʻularni boshqarish, muloqot, bolalar bilan ishlashda emotsiyaning tarbiyachi-pedagoglar faoliyatidagi oʻrni tahlil qilingan.